InfinBANK yillik 18,99% stavkada 1 mlrd so‘mgacha kredit taqdim etadi
InfinBANK 7 yilgacha muddatga yillik 18,99% stavkada 1 mlrd so‘mgacha Infin Yuksalish kreditini taqdim etdi. Mahsulot aylanma mablag‘larni to‘ldirishga va boshqa banklarning amaldagi kreditlarini yanada qulay shartlarda qayta moliyalashtirishga yordam beradi.

InfinBANK 18,99% yillik stavkada 1 milliard so‘mgacha kredit taklif qilmoqda.
Biznes uchun yetarli aylanma mablag‘, ishonchli hamkorlar, to‘la omborlar va avvalgi kreditlar bosimisiz faoliyat yuritish – tadbirkorlar orzu qilgan bunday sharoitlarni InfinBANK’ning yangi "Infin Yuksalish" mahsuloti bilan yaratish mumkin.
Ushbu mahsulot aylanma mablag‘larni to‘ldirish, xomashyo va tovarlar sotib olish, yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilish hamda biznesning boshqa joriy ehtiyojlari uchun 1 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratish imkonini beradi.
Kreditning foiz stavkasi yillik 18,99% bo‘lib, muddati 7 yilgacha. Bu kompaniyaning barqaror rivojlanishiga qaratilgan uzoq muddatli moliyaviy yechimdir.
Agar boshqa banklardagi kreditlaringiz yuqori foiz stavkalari va noqulay shartlar tufayli foydangizni kamaytirayotgan bo‘lsa, "Infin Yuksalish" yordamida ularni InfinBANK’ka o‘tkazib, ancha yengillik his qilishingiz mumkin. Bu bilan yuklama kamayadi, qulaylik ortadi va faoliyat yuritish uchun imkoniyatlar kengayadi.
Ushbu mahsulot InfinBANK’ning barcha korporativ filiallarida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun mavjud.

