Iqtisodiyot

InfinBANK: kredit summasi 5 mlrd so‘mgacha oshirildi, stavka 7 yilga 18,99%

InfinBANK biznesni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirib, Infin Yuksalish kredit mahsuloti bo‘yicha limitni 5 mlrd so‘mgacha oshirdi. Dastur aylanma mablag‘larni to‘ldirish, operatsion xarajatlarni qoplash va boshqa banklardagi kreditlarni qayta moliyalashtirish imkonini beradi.

InfinBANK: kredit miqdori 5 mlrd so‘mgacha oshirildi, stavka 7 yilga 18,99%

O‘zbekistonda jadal sur’atlarda rivojlanayotgan biznes uchun yangi moliyaviy imkoniyatlar ochilmoqda. InfinBANK o‘zining Infin Yuksalish kredit mahsulotini yangiladi: endilikda tadbirkorlar yillik 18,99% pasaytirilgan stavka asosida 5 milliard so‘mgacha mablag‘ olishi mumkin.

Kredit summasining besh barobarga oshirilishi ushbu dasturni biznesni kengaytirish, aylanma mablag‘lar tanqisligini bartaraf etish va joriy kredit majburiyatlarini maqbullashtirish uchun samarali moliyaviy yechimga aylantiradi.

Yangilangan Infin Yuksalish kredit mahsulotining asosiy shartlari quyidagicha:

Ko‘plab tadbirkorlar uchun asosiy muammo — yuqori stavkalarda olingan hamda sof foydani sezilarli darajada kamaytiradigan “qimmat” va qisqa muddatli kreditlardir.

5 mlrd so‘mlik yangi limit to‘liq moliyalashtirishni amalga oshirish imkonini beradi: boshqa banklardagi amaldagi kreditlarni InfinBANK’ga yillik 18,99% stavka bilan o‘tkazish mumkin. Bu bir nechta qarzdorliklarni bittaga birlashtirish, oylik to‘lovni sezilarli darajada kamaytirish va kompaniyaning real rivojlanishi uchun aylanma kapitalni bo‘shatish imkonini beradi.

Ushbu kredit mahsulotidan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATT) foydalanish imkoniyatiga ega.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.