InfinBANK ko‘magida Qoraqalpog‘istondagi 101 yosh oila yangi uyli bo‘ldi
Qoraqalpog‘istonda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan 101 yosh oilaga yangi uy-joylar kalitlari topshirildi. Ijtimoiy loyiha InfinBANK ko‘magida davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

InfinBANK yordamida Qoraqalpog‘istonda 101 ta oilaga yangi uy-joy berildi.
Joriy yilning 19-avgust kuni Qoraqalpog‘istonda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan 101 ta oilaga yangi xonadonlarning kalitlari topshirildi.
Ushbu loyiha doirasida bank tomonidan hududning 18 ta turli manzilida uch xonali, zamonaviy yakka tartibdagi uylar qurildi. Bu xonadonlar barcha zarur maishiy sharoitlarga ega bo‘lib, qo‘shimcha ravishda quyosh panellari bilan ham jihozlangan.
Mazkur tashabbus InfinBANK, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi o‘rtasida imzolangan uch tomonlama memorandum asosida amalga oshirildi.
InfinBANK ta’sischisi Farhod Mamatdjanovning ta’kidlashicha: “101 ta oilaning o‘z uyiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish InfinBANK uchun muhim ijtimoiy natijadir. Bank odamlar hayotini amalda yaxshilaydigan va hududlar rivojiga xizmat qiladigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi”.
InfinBANK jamiyat hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan bunday ijtimoiy loyihalarda ishtirok etayotganidan faxrlanadi. Bank kelgusida ham aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy dasturlarni izchil amalga oshirishni maqsad qilgan.

