Mahalliy

Imtihondan “yiqilgan” 6 500 nafar qoraqalpogʻistonlik abituriyent talabalikka tavsiya etiladi

Qoraqalpogʻistonlik abituriyentlar uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimida toʻlov-kontrakt asosida viloyatlardagi davlat oliygohlariga qoʻshimcha 6 500 ta qabul parametrlari tasdiqlandi. Roʻyxat Qoraqalpogʻistondagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan, imtihonda 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin talabalikka tavsiya etilmaganlar hisobidan shakllantiriladi.

Imtihondan “yiqilgan” 6 500 nafar qoraqalpogʻistonlik abituriyent talabalikka tavsiya etiladi

Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun oliygohga kirishda qoʻshimcha imkoniyatlar yaratildi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovinnovatsiyalar vazirligi maʼlum qildi.

Xabarda aytilishicha, davlat komissiyasining tegishli bayoniga asosan, 2026/2027-oʻquv yili uchun qoraqalpogʻistonlik yoshlar oliy taʼlimga kirishda quyidagi 2 ta qoʻshimcha imkoniyatga ega boʻldi.

**1-imkoniyat:**

2026-yil 2–6-oktabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida doimiy yashovchi va kirish imtihonlarida 68 ball va undan yuqori natija koʻrsatib, davlat oliygohlarining kunduzgi taʼlim shakliga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar 500 ta maqsadli qabul parametrlari uchun roʻyxatdan oʻtadi.

Roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda qatnashadi.

Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijasiga koʻra toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi.

**2-imkoniyat:**

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining murojaatiga muvofiq Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimida toʻlov-kontrakt asosida viloyatlardagi davlat oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha 6 500 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.

Bunda bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtgan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan, oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi.

Tanlov qaydnomalari tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.