IMAN Invest Holding Toshkentda ilk Priority Office’ni ochdi - unga ex-HSBC va Credit Suisse – Thomas Funnell rahbarlik qiladi
Toshkent, 2026-yil 7-sentabr. IMAN Invest Holding fintex xoldingi Xirmontepa koʻchasi, 41-uy (sobiq Nikitina koʻchasi) manzilida ilk xizmat koʻrsatish ofisini ochdi. Kompaniya uchun bu - mijoz yoʻlining mantiqiy davomi: IMANUM ilovasidagi toʻliq raqamli servisdan shaxsiy investitsiya menejeri bilan individual xizmatga oʻtish demakdir.

IMAN Invest Holding Toshkentda ilk Priority Office’ni ishga tushirdi — unga sobiq HSBC va Credit Suisse xodimi Thomas Funnell rahbarlik qiladi
Investitsiya hajmi $10 000 va undan yuqori bo‘lgan mijozlar uchun premium xizmat nazarda tutilgan. Kapitalni boshqarish xizmatlarini xoldingning NAPP investitsiya litsenziyasiga ega sho‘ba kompaniyasi — Adl Invest taqdim etadi.
Yangi ofis investitsiya bo‘yicha maslahatlar, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash va shaxsiy uchrashuvlar formatini birlashtiradi.
IMAN Invest Holding mutaxassislari mijozlarga IMANUM investitsiya platformasining ishlash tamoyillarini batafsil tushuntirib beradi — daromad shakllanish mexanizmi, muddatlar, risklar va mablag‘larni yechib olish shartlari. Ofisda nafaqat maslahat olish, balki investitsiya shartnomasini shaxsan imzolash, shuningdek, kassa orqali naqd pul bilan operatsiyalarni amalga oshirish mumkin.
Bu yerda IMANUM ekotizimi mahsulotlari bilan bog‘liq masalalar hal etiladi: rasmiylashtirish, hujjatlar, to‘lovlar, arizalar holati. Yozishmalarda bir necha kunga cho‘zilishi mumkin bo‘lgan masalalar ofisda bir uchrashuvning o‘zidayoq — ishni oxirigacha yetkazadigan investitsiya menejeri ishtirokida hal qilinadi.
Maxfiy suhbatlar uchun yirik investitsiya bitimlari, biznesni moliyalashtirish, oilaviy moliyaviy rejalashtirishga mo‘ljallangan alohida xona ajratilgan.
Ofisda mijozlar bilan shaxsiy investitsiya menejerlari (relationship managers) ishlaydi. Ular mijozni bir arizadan ikkinchisiga emas, balki kompaniya bilan hamkorligining butun davomida kuzatib boradi: investitsiya strategiyasini tuzishga yordam beradi, bitimlarni kuzatib boradi, natija uchun javobgar bo‘ladi va shartnoma imzolangandan keyin ham aloqada qoladi. «Chatdagi operator» o‘rniga mijozda maqsadlariga erishishiga ko‘maklashadigan aniq bir inson — investitsiya va moliya bo‘yicha shaxsiy maslahatchi paydo bo‘ladi.

