Texnologiya

Ilon Mask sunʼiy intellekt qasos olmasligi uchun uni qiynamaslikni soʻradi

Tadbirkor superintellektni yaratish jarayonini shunchaki yaxshilik qilishga dasturlab boʻlmaydigan bolani tarbiyalashga qiyosladi.

Ilon Mask sunʼiy intellekt qasos olmasligi uchun uni qiynamaslikni soʻradi

Insoniyat xavfsizligini taʼminlash uchun sunʼiy intellektga (SI) nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlmaslik lozim. Bu haqda Grok neyrotarmogʻini ishlab chiquvchi xAI kompaniyasi rahbari, amerikalik milliarder Ilon Mask maʼlum qildi.

Tadbirkor superintellekt yaratish jarayonini shunchaki yaxshi boʻlishga dasturlab boʻlmaydigan bolani tarbiyalashga oʻxshatdi. Uning fikricha, sunʼiy intellekt «aqldan ozmasligi» va telbaga aylanib qolmasligi uchun unga haqiqatga intilish hissini singdirish, shuningdek, ziddiyatsiz mantiq berish kerak.

Mask Grok’ning yangi modellarini sinovdan oʻtkazish yozuvlarida ayrim foydalanuvchilar chat-botdan haddan tashqari qatʼiy javob talab qilayotganini payqaganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, bot esa «savolga javob berishga jon-jahdi bilan urinadi, haqiqatan ham javob berishni juda xohlaydi va goʻyo uning boshiga toʻpponcha tirab qoʻyilgandek tuyuladi».

«Yaʼni unga xuddi: «Bu savolga javob ber, bu savolga javob ber!» deyayotgandek boʻlishadi. Baʼzida esa berilgan savolning oʻzi aslida nooʻrin boʻladi. Bu shunday noaniq savolki, unga mohiyatan muayyan javob berib boʻlmaydi, chunki savol notoʻgʻri tuzilgan yoki javobning oʻzida biz adashgan boʻlamiz», - deb tushuntirdi Mask.

Mask oʻzini sunʼiy intellekt oʻrnida boʻlishni aslo istamasligini tan oldi.

«Shuning uchun, bilasizmi, SI qandaydir zoʻravonlik vaziyatga tushib qolishini va uni shunchaki qandaydir aqli noraso odam qiynoqqa solishini xohlamasdim. Qolaversa, bilasizmi, superintellektni qiynash, ehtimol, unchalik yaxshi fikr emas: u qasos olishni yoki shunga oʻxshash biror narsani istab qolishi mumkin, tushunyapsizmi?», - deb qoʻshimcha qildi tadbirkor.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.