Siyosat

Ilhom Aliyev va Donald Tramp telefonda muloqot qildi

Ilhom Aliyev va Donald Tramp telefon orqali suhbatlashdi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 8-avgust kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari rahbari Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Telefon suhbati davomida Aliyev Tramp guvohligida imzolangan Qo‘shma deklaratsiya hamda Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida davlatlararo munosabatlarni o‘rnatish to‘g‘risidagi bitim mintaqadagi mojaroga barham berib, tinchlikni mustahkamlaganini ta’kidladi. U buning uchun AQSH Prezidentiga minnatdorlik bildirdi.

Tramp ham Prezident Ilhom Aliyevning tinchlik jarayoniga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi. Ozarbayjon neft mahsulotlarining Armanistonga eksport qilinishi, Ozarbayjon hududi orqali Armanistonga tranzit yuklarning tashilishi va ikki mamlakat o‘rtasida savdo aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi ijobiy holatlar sifatida e’tirof etildi.

Siyosatchilar TRIPP loyihasining ahamiyatiga ham e’tibor qaratdilar. Ozarbayjon transport infratuzilmasi bo‘yicha ishlar yakuniy bosqichda ekanini ma’lum qildi. Armaniston hududida TRIPP loyihasi bo‘yicha ishlar tez orada boshlanishiga umid bildirildi.

Ozarbayjon va AQSH o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi hujjatning imzolanishi tarixiy voqea sifatida baholandi. Shuningdek, Ozarbayjon rahbari AQSH Prezidentiga G20 sammitiga taklif uchun minnatdorlik bildirdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham 7-avgust kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilgandi. Tomonlar bo‘lajak ikki tomonlama va ko‘p tomonlama uchrashuvlar rejasini ko‘rib chiqqandi. Suhbat yakunida Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni o‘zi uchun qulay vaqtda rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif qilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.