Ikki kishi oqlandi
2026 yil 11 sentyabrda Oʻzbekiston ichki ishlar vazirining sobiq oʻrinbosari B. Abdullayev, IIV JIEBB boshligʻi R. Tursunov va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha hukm chiqarildi

Ikki kishi oqlandi
2026 yil 11 sentyabr kuni soat 12:00 lar atrofida Toshkent shahar Yangihayot tumani sudi raisi S. Maxametov Oʻzbekiston ichki ishlar vazirining sobiq oʻrinbosari B. Abdullayev, IIV JIED boshligʻi R. Tursunov va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha hukmni eʼlon qildi.
Ish boʻyicha jami 31 nafar sudlanuvchi oʻtgan boʻlib, ularga nisbatan 167-modda 3-qismi (juda koʻp miqdorda oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 205-modda 2-qismi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish), 209-modda 2-qismi (mansab soxtakorligi) bilan ayblovlar qoʻyilgan edi.
Sud B. Abdullayev va R. Tursunovni oqladi, 12 nafar sudlanuvchiga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinladi va ularni sud zalining oʻzida qamoqdan ozod qildi. Turli jazolar tayinlangan atigi 7 nafar sudlanuvchi qamoqda qoldi.

