Ijtimoiy xodimning malaka sertifikatini qanday olish mumkin
Vazirlar Mahkamasining «Ijtimoiy himoya sohasida yuqori malakali mutaxassislar korpusini shakllantirish, shuningdek, ularning kasbiy faoliyatini yaxshilash toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

Ijtimoiy xodimning malaka sertifikatini qanday olish mumkin
Vazirlar Mahkamasining 04.09.2026 yildagi «Ijtimoiy himoya sohasida yuqori malakali mutaxassislar korpusini shakllantirish, shuningdek, ularning kasbiy faoliyatini yaxshilash toʻgʻrisida»gi 461-son qarori qabul qilindi.
«Ijtimoiy ish toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq, ijtimoiy xodimlarning maqomini belgilovchi malaka sertifikatini berish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjat bilan davlat organlari va tashkilotlarida, shuningdek, NNTlarda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimlarning lavozimlari toʻrtta toifaga: toifasiz, III, II va I toifalarga boʻlinishi belgilandi.
Bunda III, II va I toifalar Prezident huzuridagi Milliy ijtimoiy himoya agentligi huzuridagi Malaka oshirish markazi tomonidan berilgan malaka sertifikatiga ega boʻlgan ijtimoiy xodimlarga beriladi.
Malaka sertifikati besh yil muddatga beriladi:
2027 yil 1 apreldan boshlab «Inson» markazlari tuzilmasida ixtisoslashtirilgan lavozimlar: tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar bilan ishlovchi ijtimoiy xodim hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar bilan ishlovchi ijtimoiy xodim lavozimlari joriy etiladi.
Hujjat bilan Ijtimoiy xodimlarga malaka sertifikatlarini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Hujjat Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida davlat tilida eʼlon qilingan va 05.09.2026 yildan kuchga kirdi.

