Mahalliy

Ijtimoiy himoya reyestridagi oilalarga koʻmir sotib olish uchun 600 ming soʻmgacha kompensatsiya toʻlanadi

Yangi mexanizmga muvofiq, ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oilaga sotib olingan har bir tonna koʻmir uchun 300 ming soʻmdan, bir kalendar yili uchun jami 600 ming soʻmgacha toʻlanadi.

Ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oilalarga koʻmir sotib olish uchun 600 ming soʻmgacha kompensatsiya toʻlanadi

2026–2027 yillar kuz-qish mavsumida aholiga mahalliy koʻmir yetkazib berishning yangi tartibi joriy etiladi. Bu haqda «Oʻzbekkoʻmir» AJ maʼlum qildi.

Yangi mexanizmga koʻra, ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oilaga sotib olingan har bir tonna koʻmir uchun 300 ming soʻmdan, umumiy hisobda esa bir kalendar yili davomida 600 ming soʻmgacha kompensatsiya toʻlanadi. Bundan tashqari, aholiga mahalliy koʻmir yetkazib berishga xususiy tadbirkorlar jalb etiladi.

2026 yilda aholi ehtiyojlari uchun 1,53 mln tonna mahalliy koʻmir yetkazib berish rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda koʻmirni hududlar kesimida taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlari aholisi uchun birja savdolariga chiqarilgan dastlabki koʻmir turkumlari xususiy tadbirkorlar tomonidan sotib olindi. Ayni paytda shartnomalarni rasmiylashtirish va koʻmirni hududlarga yetkazib berish ishlari davom etmoqda.

Koʻmir tegishli omborlarga yetkazib berilgach, uning sotilishi tadbirkorlar tomonidan mycoal.uz elektron platformasi orqali tashkil etiladi. Sotuv boshlanish sanasi, ombor manzili, mavjud koʻmir miqdori va boshqa maʼlumotlar platformada hududlar kesimida eʼlon qilib boriladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.