Ijevskda 200 ga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi
Ijevskda amaliy tashrif doirasida Udmurtiya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Tadbirlar «UDS Stroy» MCHJ va «Ren Teyek» MCHJ qurilish kompaniyalari maydonchalarida tashkil etildi. Ularda 200 ga yaqin Oʻzbekiston fuqarosi ishtirok etdi. Uchrashuvlar davomida kompaniyalar vakillari oʻzbekistonlik mutaxassislarning qurilish sohasi rivojiga qoʻshayotgan hissasini alohida taʼkidladilar. «UDS Stroy» MCHJ taʼsischisi J. […]

Ijevskda 200 ga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi
Ijevskda ishchi tashrif doirasida Udmurtiya Respublikasida vaqtinchalik mehnat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Tadbirlar «UDS Stroy» MCHJ va «Ren Teyek» MCHJ qurilish kompaniyalari maydonchalarida tashkil etildi. Ularda 200 ga yaqin Oʻzbekiston fuqarosi ishtirok etdi.
Uchrashuvlar davomida kompaniyalar vakillari oʻzbekistonlik mutaxassislarning qurilish sohasi rivojiga qoʻshayotgan hissasini alohida taʼkidladilar. «UDS Stroy» MCHJ taʼsischisi J. Rahimov Oʻzbekistondan kelgan mutaxassislarning Ijevsk shahri infratuzilmasini rivojlantirish va qurilish obʼyektlaridagi faoliyati haqida gapirib berdi.
«Ren Teyek» MCHJ direktori M. Mingnarov kompaniya Oʻzbekiston fuqarolari bilan aloqada boʻlib turganini va ularni qurilish sohasidagi boʻsh ish oʻrinlari, jumladan, Oʻzbekistonda ishga joylashish imkoniyatlari haqida xabardor qilib borishini maʼlum qildi.
Uchrashuv ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarni muhokama qildilar. Ularga maslahatlar, tushuntirishlar va zarur aloqa maʼlumotlari taqdim etildi.
Bundan tashqari, mahalliy diaspora tashkiloti rahbari Oʻzbekiston fuqarolari bilan doimiy aloqada boʻlib, yuzaga kelayotgan masalalarni hal etishda koʻmaklashayotgani qayd etildi.

