Ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimi yangilanadi
Yangi tartibga ko‘ra, IIVning Farg‘ona, Jizzax, Toshkent va Surxondaryo mintaqaviy o‘quv markazlari Malaka oshirish institutining

Ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimi yangilanadi
Prezidentning 26-avgustdagi PQ–303-son qarori bilan ichki ishlar organlari uchun professional kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish belgilandi.
Qarorga muvofiq, IIVning Farg‘ona, Jizzax, Toshkent va Surxondaryo mintaqaviy o‘quv markazlari Malaka oshirish institutining tegishli filiallari sifatida qayta tashkil etiladi. Ular yuridik shaxs maqomini saqlab qoladi.
2027-yil 1-yanvardan boshlab yangi filiallar rahbarlari, xodimlari va o‘qituvchilariga Malaka oshirish institutidagi tegishli lavozimlar uchun belgilangan pul ta’minoti tartibi tatbiq etiladi.
Shuningdek, institutning Nukus filiali kasbiy tayyorgarlik fakulteti Serjantlar tayyorlash markaziga aylantiriladi.
Vazirlik va idoralarning harbiylashtirilgan hamda qorovullik-qo‘riqlash bo‘linmalari mutaxassislarini institut va uning filiallarida o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida yo‘lga qo‘yiladi. Bir tinglovchi uchun bir akademik soat to‘lovi BHMning 12 foizi miqdorida belgilanadi.
2026/2027 o‘quv yilidan IIV Akademiyasida ta’lim jarayoni ham bosqichma-bosqich yangilanadi. Bunda dunyoning top-1000 universitetlari va «Yangi O‘zbekiston» universiteti tajribasi asos qilib olinadi.
Akademiyada «ta’lim – tadqiqot – amaliyot» integratsiyasini ta’minlash maqsadida maktablar (school) tizimi joriy etiladi. Amaldagi fakultet va kafedralar optimallashtirilib, ular negizida maktablar va sho‘’balar tashkil qilinadi.

