HUMOʼning BAXTLI YUZLIK keng koʻlamli aksiyasi yakunlandi: tantanali finalda BYD Song Plus DM-i, iPhone Air va pul mukofotlari oʻynaldi
19-sentabrda Tashkent City Mall’da HUMOʼdan BAXTLI YUZLIK aksiyasining katta finali oʻtkazildi. Bayram dasturi qimmatbaho mukofotlar oʻynalishi, sanʼatkorlar chiqishi, mehmonlar bilan interaktivlar va aksiyaning bosh voqeasi – BYD Song Plus DM-i avtomobilining sohibini aniqlash jarayonlarini oʻz ichiga oldi.

HUMOʼning BAXTLI YUZLIK keng qamrovli aksiyasi yakuniga yetdi: tantanali finalda BYD Song Plus DM-i, iPhone Air va pul mukofotlari oʻynaldi
15-iyuldan boshlab HUMO kartalari egalari BAXTLI YUZLIK aksiyasida qatnashib, karta orqali 100 000 soʻmdan ortiq kundalik xaridlarni amalga oshirish evaziga qimmatbaho sovrinlarni yutib olish imkoniga ega boʻldi. Aksiya davomida Oʻzbekistonning turli hududlaridan ishtirokchilar gʻolib chiqib, iPhone Air smartfonlari hamda pul mukofotlariga sazovor boʻldi.
Tadbir dasturi mehmonlar uchun interaktivlar, konsert chiqishlari va qimmatbaho sovrinlarning yakuniy oʻyinlarini oʻz ichiga oldi. Gʻoliblarni aniqlash ochiq tarzda amalga oshirildi: jarayonni tadbir maydonidagi mehmonlar ham, barcha xohlovchilar HUMO ijtimoiy tarmoqlarining rasmiy sahifalarida toʻgʻridan toʻgʻri efir orqali kuzatdi.
“HUMO uchun bunday loyihalar – mijozlarimizga yaqinroq boʻlish va ularning kutilmalarini yaxshiroq tushunish imkoniyatidir. Har bir tranzaksiya ortida HUMOʼni tanlaydigan va bizga ishonadigan inson turadi, shunday ekan, BAXTLI YUZLIK bu – mijozlarimizga tanlovlari uchun minnatdorlik bildirishning bir yoʻlidir. Bugun biz gʻoliblarni shaxsan tabriklay olishimiz va final his-tuygʻularini oʻzaro boʻlisha olishimiz alohida ahamiyatlidir”, - deya qayd etdi HUMO boshqaruvi raisi Aleksandr Sotnikov.
Dasturning eng muhim lahzalaridan biri pul mukofotlari va iPhone Air smartfonlari oʻynalgan final oʻyini boʻldi. Final oʻyinda iPhone Air sohibi boʻlgan ikki gʻolib - Ikromjon va Ilhom, shuningdek, har biri 1 000 000 soʻmdan pul mukofotiga ega boʻlgan oʻn nafar gʻolib aniqlandi.
Gʻoliblarni aniqlash jarayoni toʻgʻridan toʻgʻri efirda oʻtkazildi. Har bir oʻyindan soʻng boshlovchilar gʻolibning ismini eʼlon qildi. Bunday format tadbir maydonidagi mehmonlar va efirni kuzatayotgan tomoshabinlarga gʻoliblarni aniqlash jarayonini bevosita kuzatish imkonini berdi.
Final oʻyinlaridan soʻng mehmonlarning eʼtibori aksiyaning bosh sovrini - BYD Song Plus DM-i avtomobiliga qaratildi. Avtomobil egasining aniqlanishi kechaning eng muhim va hayajonli lahzasi boʻldi.
Avtomobil Boʻstonliq tumanida yashovchi Vali K.ga nasib etdi.

