Hujjatsiz rulga o‘tirgan o‘spirinning taqdiri fojiali yakunlandi
Avval ham avtomobilni hujjatsiz boshqargani uchun ogohlantirilgan va jazolangan

Hujjatsiz rulga o‘tirgan o‘spirinning hayoti fojiali tarzda yakun topdi
Farg‘ona viloyatida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan yosh yigit avtomobilni yuqori tezlikda boshqarib, vafot etdi.
YHXX bu haqda ma’lumot berib, yo‘l harakati qoidalarining qo‘pol buzilishi o‘lim bilan tugaganini qayd etdi.
Ma’lum qilinishicha, yigit avval ham Qo‘qon shahrida avtomobilni hujjatsiz boshqargani uchun ogohlantirilgan va tegishli jazo olgan.
Biroq bundan xulosa chiqarmagan o‘spirin Furqat tumanida katta tezlikda harakatlanayotganda YTHga uchradi. Uning sherigi tirik qolgan, ammo tan jarohatlari olgan. Hodisa tafsilotlariga ko‘ra, mashina ogohlantirish belgisi, ustun va keyin daraxtga borib urilgan.

