Mahalliy

“Hududgaz Qoraqalpog‘iston”da 251,5 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

“Hududgaz Qoraqalpog‘iston” mas’ul shaxslari qabul qilib olingan va iste’molchilarga yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmi o‘rtasidagi tafovutning kelib chiqish sabablarini aniqlamasdan, oddiy yo‘qotish sifatida hisobotga kiritishgan.

“Hududgaz Qoraqalpog‘iston”da 251,5 milliard so‘mlik zarar aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida “Hududgaz Qoraqalpog‘iston” GTF mas’ul shaxslari tomonidan davlat va jamiyat manfaatlariga katta miqdorda zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, mas’ullar qabul qilingan va iste’molchilarga yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmlari o‘rtasidagi tafovutning sabablarini o‘rganmasdan, uni oddiy yo‘qotish sifatida hisobotga kiritganlar. Bu harakatlar natijasida 251,5 milliard so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167- (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 205- (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.