Holandda yubiley, Obameyangda rekord. Kun oʻyinlari
«Siti» qatorasiga uch gʻalabadan keyin yakkapeshqadamga aylanib oldi, lekin bugun «Arsenal» va «Chelsi» oʻyinidan keyin vaziyat oʻzgarishi mumkin. Yevropa futbolida shanba oqshomida roʻy bergan asosiy voqealar, oʻyinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.

Holandda yubiley, Obameyangda rekord. Kun oʻyinlari
«Nyukasl Yunayted» – «Bornmut» 2:2
Taverne, 9 (0:1). Tiau, 35 – avtogol (0:2). Barns, 37 (1:2). Remsi, 88 (2:2)
«Nyukasl Yunayted»: Gornichek, Botman, Tiau, Holl (Livramento, 90), Dedich, Gonsales (Ster, 77), Mayli (Remsi, 63), Uillok (Fernandes-Pardo, 63), Barns, Elanga (Myorfi, 78), Vissa
«Bornmut»: Petrovich, Hill, Silva, Tryuffer, Smit, Skott (Kristi, 90+6), Adams (Kuk, 76), Klyuyvert (Bruks, 76), Taverne (Douk, 89), Rayan (Jebbison, 89), Evanilson
Ogohlantirishlar: Elanga, 28. Vissa, 57 – Klyuyvert, 66. Tryuffer, 87. Smit, 90
Mavsumni juda yaxshi boshlagan «Nyukasl» («Liverpul» bilan 2:2, «Tottenhem» ustidan 2:0 hisobidagi gʻalaba) «Bornmut»ga qarshi bahsda ham kutilganidek ogʻir sinovga duch keldi: «olchalar» bungacha ketma-ket sakkizta oʻzaro uchrashuvda «qargʻalar»ga yutqazmagandi va bu oʻyinlarning yarmida gʻalaba ham qozongandi. Bu gal ham mehmonlar imkoniyatlaridan maksimal foydalandi. Hisobni ochgan Taverne uzoqdan yoʻllangan zarbadan keyin rikoshet sabab yoʻnalishini oʻzgartirgan toʻpga hammadan oldin yetib bordi, keyin esa uning qanotdan bergan uzatmasi Tiauning avtogoliga sabab boʻldi. Faqat ikkinchi goldan keyingina mezbonlar oʻziga keldi va Barns uzoqdagi «toʻqqizlik»ni aniq nishonga olib, jamoasini oʻyinga qaytardi. Oʻyin oxirida esa aynan uning uzatmasidan keyin Jeykob Remsi hisobni tenglashtirdi. «Nyukasl» magʻlubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda.
Holand, 26 (1:0)
«Manchester Siti»: Donnarumma, Ruben Diash, Geyi, Gvardiol, Husanov, Anderson, Fernandes (Buaddi, 76), Sherki (Foden, 66), Ndiay (Makaydu, 87), Semenyo, Holand
«Koventri»: Rashuort, Tomas, Pinnok, Amenda, Grayms, Oneka (Yirenki, 63), Dasilva (Hamer, 85), van Eveyk, Rudoni (Chauna, 63), Meyson-Klark (Simms, 71), Avoniyi (Tomas-Asante, 71)
Ogohlantirishlar: Husanov, 90 – van Eveyk, 19. Pinnok, 90
Frenk Lempard qoʻl ostidagi «Koventri» APLga qaytishini ketma-ket ikki magʻlubiyat bilan boshlagandi, «Etihad»da ham bu salbiy seriyani toʻxtatishning imkoni boʻlmadi. Shu bilan birga, chempionshipdan chiqqan bu jamoani mutlaqo ojiz ahvolda qoldi, deb boʻlmaydi. Avvaliga Husanovning darvozabonga uzatmasi golga aylanishiga oz qoldi, Donnarumma soʻnggi lahzada darvoza chizigʻini toʻliq kesib oʻtmagan toʻpga yetib borishga ulgurdi. Keyingi daqiqada esa Avoniyi darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib bordi, biroq aniq zarba bera olmadi. Faqat boʻlim oʻrtalaridan oʻtganida Holand Semenyo oʻng qanotdan darvozabon hududiga oshirgan toʻpni bosh bilan raqib darvozasiga joylab qoʻydi.

