Hitlerning Bavariya toğlaridagi uyi yonib ketdi
Politsiya uyga öt qöyişda gumonlab, bir kişini qölga olgan.

Hitlerning Bavariya tog‘laridagi uyi yonib ketdi
Bavariya Alp tog‘larida «Burgut uyasi» nomi bilan tanilgan tarixiy bino yonib ketdi — bu uydan 1930-yillar oxirida fashistik Germaniya rahbari Adolf Hitler foydalangan.
Yong‘in 23-oktabr kuni kechqurun boshlangan va tongga qadar davom etgan. Mahalliy politsiya tog‘ tepasidagi ushbu uyga yetib borishdagi qiyinchiliklar yong‘inni o‘chirishga to‘sqinlik qilganini ma’lum qilgan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga yetib borganda uy allaqachon alanga ichida qolgandi. Uni o‘chirish uchun o‘t o‘chirish xizmatining 200 ga yaqin xodimi jalb etilgan.
Politsiyachilar uyga o‘t qo‘yib yuborilgan degan versiyani ko‘rib chiqmoqda. Uy yaqinida turgan bir kishi qo‘lga olingan, hozirda politsiya uning voqeaga aloqadorligini tekshirmoqda.
Kelshteynhaus deb nomlangan va ko‘proq «Burgut uyasi» nomi bilan mashhur bo‘lgan bu uy 1937-38 yillarda natsistlar rahbariyatining Oberzalsberg tog‘li rayonidagi yopiq kompleksi hududida qurilgan va Adolf Hitlerning qarorgohlaridan biri hisoblangan.
Dengiz sathidan 1834 metr balandlikdagi bu bino avvaliga xorijiy mehmonlarni qabul qilish uchun maydon sifatida foydalanilishi ko‘zlangandi, ammo amalda Hitler va uning yaqinlari uchun dam olish maskani bo‘lib qoladi.
Hitler aynan shu yerda harbiy qo‘mondonlar bilan birgalikda 1941-yilda SSSRga bostirib kirish rejasi tuzilgan uchrashuvni o‘tkazgandi. Bundan tashqari, bu hududdan u jonivorlar va tabiatni sevuvchi inson sifatida tasvirlangan targ‘ibot filmlarini suratga olish uchun foydalanilgan.
Bino Hitler davrining 1945-yilgi bombardimonlardan keyin saqlanib qolgan kam sonli yodgorliklardan biri edi. Keyinroq bu urush haqidagi filmlarda foydalaniladigan muhim joylardan biri bo‘lib qoladi.
Shuningdek, sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan ziyoratgohlardan biriga aylangandi. 1952-yildan buyon bu yer sayyohlar uchun restoraniga ega tog‘ uyi sifatida xizmat qilib kelgan.

