Dunyo

Hindistonda boshsiz chaqaloq jasadi topildi

Hindistonda boshsiz chaqaloq jasadi topildi

Hindistondagi krematoriy darvozasi yaqinidan boshsiz chaqaloqning jasadi aniqlandi. Politsiya bolaning o‘lim sabablarini aniqlash uchun tergov ishlarini boshladi.

Jasad mahalliy aholi murojaatidan keyin Dehlining Muborakpur Dabas hududida topilgan. Chaqaloq taxminan ikki-uch oylik bo‘lgan. Jasad sud-tibbiy ekspertizasiga yuborildi.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, sud-tibbiy ekspertiza bolaning o‘lim sababini, shuningdek, jasad bola vafotidan keyin tashlab ketilganmi yoki u o‘ldirilib, shu yerga olib kelinganmi, degan savolga aniqlik kiritadi.

“Taxminlarga ko‘ra, bola tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan va kimdir okkult amaliyotning bir qismi sifatida uning jasadini tahqirlagan bo‘lishi mumkin. Biroq bu hali aniqlanmagan”, dedi politsiya xodimi.

Tergovchilar dalillarni tekshirish, ehtimoliy guvohlarni so‘roq qilish va chaqaloqning boshini topish uchun bir nechta guruh tuzgan. Huquq-tartibot idoralari krematoriy hududini ham ko‘zdan kechirmoqda. Jasad qanday qilib darvoza oldiga kelib qolganini aniqlash uchun krematoriy xodimlari bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda.

Voqea joyiga Rohini tumani politsiyasi rahbarlari ham yetib kelgan. Huquq-tartibot idoralari voqealar ketma-ketligini aniqlamoqda. Bir kun avval Dehli shimolidagi boshqa hududda ham tanasida jarohat izlari bo‘lgan noma’lum shaxsning jasadi topilgan edi. Marhumning shaxsi hozircha aniqlanmagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.