Mahalliy

Hindiston O‘zbekistondagi harbiy poliklinikaga 500 ming dollarlik tibbiy texnika va uskunalar topshirdi

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti poliklinikasi Hindiston hukumati tomonidan umumiy qiymati 500 ming dollar bo‘lgan 49 turdagi 70 dan ortiq tibbiy uskunalar bilan jihozlandi. Ular orasida raqamli rentgenograf, sutkalik monitoring apparati, UZI apparati, fizioterapiya kabi uskunalar bor.

Hindiston O‘zbekistondagi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti poliklinikasiga 500 ming dollarlik tibbiy texnika va uskunalar sovg‘a qildi, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi.

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti poliklinikasi to‘liq zamonaviy tibbiy texnika va uskunalar bilan jihozlanib, rasman ishga tushirildi. Bu loyiha O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi strategik aloqalar hamda harbiy-tibbiyot va ta’lim sohalaridagi hamkorlik doirasida amalga oshirildi.

Xabarda aytilishicha, tantanali ochilish marosimida Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari general-mayor Farhodjon Shermatov, Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Smita Pant, shuningdek, harbiy xizmatchilar va faxriylar ishtirok etgan.

Uchrashuv davomida Hindiston hukumati tomonidan beg‘araz yordam sifatida ajratilgan zamonaviy diagnostika va davolash apparaturalari, ixtisoslashtirilgan reanimobil hamda Mudofaa vazirligi harbiy gospitallari uchun to‘rt to‘plam travmatologik uskunalarni rasmiy topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Infratuzilmani modernizatsiya qilish doirasida poliklinikaga 49 turdagi 70 dan ortiq zamonaviy tibbiy uskunalar yetkazib berildi. Bularga raqamli rentgenograf, sutkalik monitoring apparati (Xolter), veloergometr, UZI apparati, zamonaviy stomatologiya va fizioterapiya uskunalari kiradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.