Siyosat

Hindiston Bosh vaziri O'zbekistonga davlat tashrifi bilan boradi.

Davlat rahbari matbuot xizmati bayonotiga ko'ra, Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi 29-30 avgust kunlari O'zbekistonga davlat tashrifi bilan boradi.

Hindiston Bosh vaziri O'zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi.

Bo'lajak muzokaralar O'zbekiston-Hindiston strategik sherikligi va ko'p tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va mustahkamlashga qaratilishi haqida xabarlar berildi.

"Muntazam siyosiy muloqot va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga, shuningdek, savdo, energetika, kimyo sanoati, geologiya, sog'liqni saqlash, farmatsevtika, qishloq xo'jaligi, mashinasozlik va boshqa iqtisodiy sohalardagi aniq hamkorlik dasturlari va loyihalarini ilgari surishga alohida e'tibor qaratiladi", deyiladi press-relizda.

Tomonlar shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatdagi dolzarb masalalar bo'yicha fikr almashadilar va ko'p tomonlama formatdagi hamkorlikni muhokama qiladilar.

Tashrif yakunlari bo'yicha ikki tomonlama hujjatlarning muhim to'plami imzolanishi rejalashtirilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.