Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Yangi O'zbekiston bog'iga tashrif buyurdi
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Toshkentdagi Yangi Oʻzbekiston bogʻiga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmonning tashrifi doirasida Mustaqillik monumentiga anʼanaviy gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi. Narendra Modi shuningdek, Yangi Oʻzbekiston majmuasini ham aylanib chiqdi. Qisqa ekskursiya davomida unga majmuaning meʼmoriy konsepsiyasi, mazmuni va xususiyatlari haqida maʼlumot berildi. Tashrif […]

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Yangi O'zbekiston bog'iga tashrif buyurdi.
Toshkentda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Yangi O'zbekiston bog'iga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida oliy martabali mehmon Mustaqillik monumentiga an'anaviy gul qo'yish marosimini o'tkazdi.
Narendra Modi shuningdek, Yangi O'zbekiston majmuasini ham ko'zdan kechirdi. Qisqa ekskursiya davomida unga majmuaning me'moriy konsepsiyasi, uning mazmuni va xususiyatlari haqida ma'lumot berildi.
Bog'ga tashrif Hindiston Bosh vazirining davlat tashrifi davomida O'zbekiston va Hindiston rahbarlari o'rtasida o'tkazilgan birinchi qo'shma tadbirlardan biri bo'ldi.

