Hind kinosining yulduzli juftligi Ranbir Singh va Dipika Padukone ikkinchi bor ota-ona bo‘ldi

Hind kinosining mashhur juftligi Ranbir Singh va Dipika Padukone ikkinchi marta ota-ona bo‘ldi. Dipika Padukone va Ranvir Singhning ikkinchi farzandi dunyoga keldi. Juftlik Instagram’ga birgalikda joylagan postda: “Xush kelibsan, qizaloq, 19/9/2026” deb yozilgan bo‘lib, oxirida Dua, Dipika va Ranvirning ismlari qayd etilgan.
Qizaloqning tug‘ilgani Ranvir va Dipika Mumbaydagi Siddhivinayak ibodatxonasiga tashrif buyurganidan bir kun o‘tib ma’lum qilindi. Er-xotin 2024-yilda birinchi farzandini kutayotgan paytda ham 6-sentyabr kuni ibodatxonaga borgan va 8-sentyabr kuni qizlari Dua tug‘ilganini e’lon qilgan edi.
Dipika va Ranvir 2012-yilda rejissyor Sanjay Lila Bhansalining “Ram va Lila” filmini suratga olish jarayonida tanishgan bo‘lsalar-da, oradan 6 yil o‘tib turmush qurishgan. Shuningdek, aktyorlar birgalikda “Badjiaro va Mastani” hamda “Padmaavati’’ kabi mashhur filmlarda suratga tushgan.
Dipika hayotidagi eng katta orzularidan biri ko‘p farzandli bo‘lish ekanini yashirmaydi, chunki u oilani bolalarsiz tasavvur qila olmaydi. Ranvir esa jurnalistlarga bergan intervyularidan birida qiz farzandi ko‘proq bo‘lishini istashini aytgan edi, chunki uning fikricha, qizlar juda mehribon, aqlli va yoqimtoy bo‘ladi.

