Iqtisodiyot

Hayot Bank’ning Londondagi moliyaviy missiyasi

7-8 sentabr kunlari Hayot Bank delegatsiyasi London shahrida “Islamic Finance Trade Mission”da ishtirok etdi. Dastur doirasida Standard Chartered Bank, StoneX Group, London Stock Exchange Group, HSBC, Baillie Gifford & Co, Gemcorp Capital va UK Export Finance kabi Britaniya va xalqaro moliya institutlari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Hayot Bank’ning Londondagi moliyaviy missiyasi

Muzokaralar chogʻida bankning vakillik tarmogʻini kengaytirish, islomiy savdo moliyasini rivojlantirish, kapital bozori vositalaridan foydalanish, xalqaro hisob-kitoblarni takomillashtirish hamda eksport kreditlarini rivojlantirish yoʻnalishlari ko‘rib chiqildi. Islom shariati tamoyillariga mos keladigan investitsiya mahsulotlarini yaratishga alohida eʼtibor qaratildi.

Hayot Bank uchun bunday uchrashuvlar xalqaro aloqalarni kengaytirish, yangi hamkorlik istiqbollarini shakllantirish va xorijiy bozorlarda faoliyat yuritayotgan mijozlar uchun ilgʻor moliyaviy yechimlarni joriy etish imkonini beradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.