Har qanday parhezdan ko‘ra yog‘ni tezroq eritadigan 8 turdagi oziq-ovqat mahsuloti

Har qanday parhezdan ko‘ra yog‘ni tezroq eritadigan 8 turdagi oziq-ovqat mahsuloti
Parhezsiz, to‘g‘ri ovqatlanish orqali vazn yo‘qotish va uni saqlab qolish — bu xayol emas, balki ortiqcha vazndan xalos bo‘lishning yagona sog‘lom usulidir. Tezroq ozish uchun kundalik ratsioningizga organizmdagi yog‘ parchalanishini faollashtiradigan mahsulotlarni qo‘shing.
**Sarimsoq va piyoz**
Ovqat bilan birga yangi piyoz va sarimsoq iste’mol qilish nafaqat sog‘liq, balki qomat uchun ham foydalidir.
**Apelsin**
Apelsin qanday qilib vazn yo‘qotishga yordam beradi? Kortizol gormoni organizmda, ayniqsa bel sohasida yog‘ to‘planishini rag‘batlantiradi. Kortizol darajasi qanchalik past bo‘lsa, organizmda yog‘ saqlanishi shunchalik kamayadi. Apelsin efir moyining xushbo‘yligi esa xursandchilik gormonlari ishlab chiqarilishini oshiradi.
**Dengiz o‘tlari**
Qalqonsimon bez disfunksiyasi ortiqcha vaznning eng keng tarqalgan va yengish qiyin bo‘lgan sabablaridan biridir. Ammo shuni yodda tutish kerakki, ba’zi qalqonsimon bez kasalliklarida yodga boy oziq-ovqatlar sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Shu sababdan, yog‘ erituvchi dengiz o‘tlarini ko‘p iste’mol qilishdan oldin qalqonsimon bez holatini tekshirish tavsiya etiladi.
**Achchiq qalampir**
Achchiq taomlarni iste’mol qiladigan odamlar tezroq to‘yadi va oddiy taomlarni afzal ko‘radiganlarga qaraganda kamroq ovqat yeydi.
**Qahva va qora choy**
Dam olib qahva yoki choy ichish orqali ham ko‘proq kaloriyalardan, jumladan, yog‘lardan xalos bo‘lish mumkin. Ammo tavsiya etilgan dozadan oshib ketmaslik muhim, chunki kofeinning yuqori dozasi serotonin ishlab chiqarishni kamaytiradi.
**Zarchava**
Zarchava nafaqat yog‘ eritishga yordam beradi, balki soch va teri uchun ham juda foydalidir. Bu ziravor hatto migren og‘riqlarini yengillashtirishga ham yordam beradi.
**Suv**
Har safar och qolganingizda bir stakan suv ichsangiz, kamroq ovqatlanasiz. Oshqozonning bir qismi suv bilan to‘lgani bois, ko‘pincha chanqoqni ochlik bilan adashtirib yuboramiz va bu bilan organizmdagi ortiqcha yog‘ning sarflanishiga to‘sqinlik qilamiz.
**Zaytun yog‘i**
Yog‘ organizm uchun juda zarur. Agar u sog‘lom oziq-ovqatlardan olinmasa, organizm uni zararli fastfud va xavfli transyog‘lar bilan to‘la qovurilgan ovqatlardan olishga harakat qiladi. Zaytun moyi sog‘lom yog‘lar ichida chempion bo‘lib, u nafaqat qomatni me’yorda saqlaydi, balki yurak va qon-tomirlarning yaxshi ishlashiga ham yordam beradi.

