«Har bir xonadonda kutubxona»: Asaxiy bir million xonadonda «kutubxona» qilmoqchi
«Har bir xonadonda kutubxona» tashabbusi doirasida Asaxiy Books 50 ta saralangan kitobdan iborat tayyor uy kutubxonasini Oʻzbekistonning barcha hududlariga yetkazib bermoqda. Tashabbus hozirga qadar 5 000 dan ortiq oilaga yetib borgan. Maqsad - million xonadon.

«Har bir xonadonda kutubxona»: Asaxiy bir million xonadonda «kutubxona» qilishni rejalashtirmoqda
Yangi uy qurgan yoki ko‘chib o‘tgan oila odatda birinchi navbatda nimalarni xarid qiladi? Gaz plita, muzlatkich, kir yuvish mashinasi, televizor. Bu ro‘yxatda kitob javoni juda kam uchraydi.
Buning sababi ko‘pincha mablag‘da emas. Odatda kitob javoni hanuzgacha «ko‘p o‘qiydiganlar»ga xos buyum, ziyolilik belgisi sifatida qabul qilinadi. Muzlatkichsiz uyni tasavvur qilish qiyin, kitobsiz uy esa hech kimni hayratga solmaydi.
O‘zbekistondagi eng yirik internet-do‘konlardan biri — Asaxiy boshlab bergan «Har bir xonadonda kutubxona» tashabbusi aynan shu qarashni o‘zgartirishni ko‘zlaydi: uy kutubxonasi muzlatkich va televizor qatorida har bir oilaning oddiy jihoziga aylanishi kerak.
Bu tashabbus kitobxonlar uchun emas, aksincha, uyida hali kitob javoni bo‘lmagan oilalar uchun o‘ylab topilgan. Bunday oilalar uchun eng katta to‘siq — «qaysi kitobdan boshlash kerak?» degan savol.
Shu sabab kitoblar oldindan tanlab olinib, bitta to‘plamga jamlangan. Oila faqat buyurtma beradi — 50 ta kitob eshikkacha yetkazib beriladi.
«Kutubxona» to‘plami oilalar ehtiyojidan kelib chiqib bir yo‘nalishni qamrab oladi.
O‘zbek adabiyoti:
Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» va «Mehrobdan chayon», Cho‘lponning «Kecha va kunduz», O‘tkir Hoshimovning «Ikki eshik orasi», Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar», Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Sariq devni minib».
Jahon adabiyoti:
Jorj Oruellning «1984» va «Molxona», Paulo Koeloning «Alkimyogar», Rey Bredberining «Farengeyt bo‘yicha 451°».
Hayot, pul va shaxsiy rivojlanish haqida:
Jeyms Klirning «Atom odatlar», Devid Baxning «Latte omili», Malkolm Gladuyellning «Zukkolar va landavurlar».
Uydagi kitoblar bola kelajagiga qanchalik ta’sir qilishi sotsiologlar tomonidan o‘nlab yillardan beri o‘rganib kelinadi.

