Layfstayl

Hammaga ham mumkin emas: omega-3 ni kimlar ehtiyotkorlik bilan qabul qilishi kerak?

Hammaga ham to‘g‘ri kelavermaydi: omega-3 ni kimlar ehtiyot bilan qabul qilishi kerak?

Bugungi kunda omega-3 yog‘ kislotalari yetishmovchiligi keng tarqalgan muammo hisoblanadi. Ayrim tadqiqotlarga ko‘ra, g‘arb mamlakatlarida odamlarning 70-80 foizigacha qismi ushbu muhim ozuqa moddalarini ovqat orqali yetarli miqdorda olmaydi. Rossiyalik trixolog Anna Averkina omega-3 oddiy moda emas, balki zarur qo‘shimcha ekanini ta’kidlaydi.

Organizmda omega-3 kamligi teri va sochlarning qurishiga olib kelishi mumkin, bu esa ko‘pincha soch sinishi va to‘kilishi bilan birga kuzatiladi.

“Omega yetishmasligi ekzema va psoriaz kabi terining yallig‘lanish holatlarini kuchaytiradi. Tirnoq mo‘rtlashishi va sekin o‘sishi ham omega-3 yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin”, deya tushuntiradi u.

Shifokor aytishicha, omega-3 ruhiy salomatlikni saqlashda muhim rol o‘ynaydi, uning yetishmasligi esa depressiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, omega-3 tanqisligi yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi, chunki ular xolesterin va qon bosimini me’yorda ushlab turishga yordam beradi.

“Omega-3 ning tavsiya etilgan sutkalik dozasi yosh, jins va salomatlik holatiga qarab o‘zgaradi. Kattalarga kuniga 250-500 mg ga yaqin EPA va DHA (dokozageksaen va eykozapentaen kislotalari) kombinatsiyasini iste’mol qilish tavsiya etiladi. Aniq tibbiy ko‘rsatmalarga ega bo‘lgan odamlar yoki homilador ayollar uchun doza yuqori bo‘lishi mumkin, ammo bunda shifokor bilan maslahatlashish kerak”, deydi ekspert.

Ko‘p hollarda omega-3 ni muntazam qabul qilish mumkin. Sababi, ular organizm mustaqil sintez qila olmaydigan va tashqi manbalardan olishi kerak bo‘lgan asosiy oziq moddalardir. Biroq bunda ham bir nechta jihatlarni inobatga olish zarur.

“Simob va boshqa toksinlardan tozalangan, ayniqsa, baliqdan tayyorlangan sifatli omega-3 qo‘shimchalarini tanlang. Tavsiya etilgan dozaga rioya qilish ham muhim. Haddan tashqari yuqori dozalar qonni suyultirishi va boshqa nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ularni uzoq vaqt qabul qilishni boshlashdan oldin har doim shifokor bilan maslahatlashish kerak”, deya qo‘shimcha qiladi u.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, omega-3 ayniqsa bolalarda miya va ko‘rish qobiliyatining rivojlanishi uchun muhimdir. Tanqislik diqqatni jamlash va o‘qish bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin. Omega-3 homila va chaqaloq asab tizimining to‘g‘ri rivojlanishi uchun zarur. Homiladorlik va emizish davrida omega-3 shakllaridan biri bo‘lgan DHA ni ko‘paytirilgan miqdorda qabul qilish tavsiya etiladi.

Keksa yoshdagilarda omega-3 kognitiv funksiyalarni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi, demensiya va Alsgeymer kabi yoshga bog‘liq degenerativ kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytirishi mumkin.

“Dengiz mahsulotlari — losos, skumbriya, sardina va tunes omega-3 ga boy mahsulotlar hisoblanadi. Shuningdek, zig‘ir urug‘i, chia, yong‘oq tarkibida alfa-linolen kislotasi (ALA) mavjud bo‘lib, u organizmda qisman EPA va DHA ga aylanishi mumkin. Baliq yog‘i va suv o‘tlaridan olinadigan moy ham mazkur moddaga boy”, deydi Averkina.

Shifokorning aytishicha, omega-3 yog‘ kislotalari oksidlanishga moyil bo‘lib, bu zararli erkin radikallar hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Qo‘shimchalarni salqin, qorong‘i joyda saqlash va yaroqlilik muddatini kuzatib borish kerak.

Yodda tutingki, omega-3 ning yuqori dozasi qonni suyultirishi mumkin, agar antikoagulyantlar qabul qilsangiz yoki operatsiyaga tayyorlanayotgan bo‘lsangiz, buni hisobga olish muhim. Shuningdek, ba’zi odamlarda omega-3 jig‘ildon qaynashi yoki diareya kabi oshqozon-ichak tizimi buzilishlariga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda qo‘shimchalarni ovqat bilan birga qabul qilish tavsiya etiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.