Mahalliy

Haftalik ob-havo: hududlarda issiq, togʻlarda yomgʻir va qor yogʻadi

Sinoptiklarning maʼlumotlariga koʻra, 14–17 oktyabr kunlari Oʻzbekistonda havo oʻzgarib turadi, asosan yogʻingarchilik boʻlmaydi.

Haftalik ob-havo: hududlarda iliq, togʻlarda yomgʻir va qor

Oʻzgidromet xabariga koʻra, hafta davomida kutiladi:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati: oʻzgaruvchan havo, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Xarorat kechasi +8°…+13°, kunduzi +21°…+26° boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlari: oʻzgaruvchan havo, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Xarorat kechasi +8°…+13°, kunduzi +22°…+27° boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari: oʻzgaruvchan havo, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Xarorat kechasi +10°…+15°, kunduzi +20°…+25° boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari: oʻzgaruvchan havo, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Xarorat kechasi +10°…+15°, kunduzi 14 oktyabrda +23°…+28°, 15-17 oktyabrda +25°…+30° boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari: oʻzgaruvchan havo, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Xarorat kechasi +8°…+13°, kunduzi +20°…+25° boʻladi.

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlari: oʻzgaruvchan havo, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol Gʻarbdan sharqqa oʻzgarib 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Xarorat kechasi +5°…+10°, kunduzi +14°…+19° boʻladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.