Iqtisodiyot

Gʻoyadan daromadgacha: mahalladagi tadbirkorlik loyihalari qanday rivojlantirilmoqda?

Toshkentda joylashgan Habib Abdullayev mahallasida bugungi kunda 97 nafar tadbirkor faoliyat yuritmoqda. Ular orasida ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, savdo va taʼlim yoʻnalishlarida ishlayotganlar bor.

Gʻoyadan daromadgacha: mahalladagi tadbirkorlik loyihalari qanday rivojlantirilmoqda?

Mahalla bankiri fuqarolar bilan muloqot qilib, ishini kengaytirish uchun qanday yordam kerakligini aniqlamoqda. Hozirga qadar mahallada yashovchilarning ayrimlariga zarur asbob-uskunalarni sotib olish uchun, boshqalariga esa yangi faoliyatni boshlash maqsadida moliyaviy ko‘mak berilgan.

Mahallada tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilarning faoliyati turlicha. Kimdir oilaviy kasbni davom ettirgan, kimdir yillar davomida o‘rgangan hunarini rivojlantirgan, yana kimdir uyida boshlangan ishini kengaytirishga urinmoqda. Ularni birlashtirib turgan asosiy muammo esa bitta: faoliyatni yaxshilash uchun mablag‘ va kerakli jihozlarning yetishmasligi.

Habib Abdullayev mahallasida “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB bilan hamkorlikda ana shunday fuqarolarning ehtiyojlari o‘rganilib, ularning biznes g‘oyalari amaliy loyihalarga aylantirilmoqda.

Mahalladagi shirinlik va non mahsulotlari ishlab chiqariladigan sexda bugun to‘qqiz turdagi mahsulot tayyorlanadi. Uch xil keks, pryanik, bulochka va boshqa mahsulotlar yetkazib beriladigan korxonada 17 nafar xodim ishlaydi. Ularning besh nafari shu mahallada istiqomat qiladi. Tadbirkorning aytishicha, bank tomonidan ajratilgan moliyaviy yordam ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBdan taxminan 100 million so‘m atrofida summa oldik. Shu mablag‘ evaziga kerakli asbob-uskunalarni xarid qildik. Natijada ishlab chiqarishimiz ko‘lami ancha oshdi, taxminan 30–40 foizga ko‘paydi”,

– deydi Araik Gukasyan.

Ishlab chiqarish hajmining ortishi mahsulotlarning savdo geografiyasiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Bugun sexda tayyorlanayotgan shirinliklar mahalladagi oziq-ovqat do‘konlari va savdo nuqtalariga yetkazib berilmoqda. Mahalla bankirining ta’kidlashicha, mahalliy ishlab chiqaruvchi mahsulotini shu hududning o‘zida sotish imkoniyati ham muhim. Chunki bunda yetkazib berish xarajatlari kamayadi, mahsulot narxi nisbatan qulay bo‘ladi va mahalladoshlar yangi tayyorlangan mahsulot bilan ta’minlanadi.

Tadbirkorning kelgusidagi rejasi esa ishlab chiqarishni yanada kengaytirish.

“Hozirgi faoliyatimizni rivojlantirib, keyinchalik filiallar ochmoqchimiz. Ishni bosqichma-bosqich kengaytirishni rejalashtiryapmiz va bank bilan hamkorlikni davom ettirish niyatidamiz”,

– deydi u.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.