G‘uzorda «Lola va kabob», Ko‘kdalada «Chiyal yaxna» festivallari o‘tkaziladi
Tabiati bilan G‘elonga o‘xshash Chiroqchidagi Tarag‘ay, Kitobdagi Bashir va Yakkabog‘dagi Tatar qishloqlarini ham etnoturizm markazlariga

G‘uzorda «Lola va kabob», Ko‘kdalada esa «Chiyal yaxna» festivallari tashkil etiladi.
Qashqadaryoga yiliga 6 million turistni jalb qilish uchun barcha sharoit mavjud. Yil boshidan buyon viloyatga 2,5 million sayyoh tashrif buyurgan, faqat G‘elon qishlog‘ining o‘ziga kelganlar soni 500 mingga yetgan.
Tatariston bilan hamkorlikda G‘elondagi tog‘-chang‘i kurortining birinchi bosqichini kelasi yili ishga tushirish rejalashtirilgan. Tabiati G‘elonga o‘xshash Chiroqchidagi Tarag‘ay, Kitobdagi Bashir va Yakkabog‘dagi Tatar qishloqlarini ham etnoturizm markazlariga aylantirish imkoniyatlari qayd etildi.
Shahrisabz tumanidagi Sayyod va Suvtushar qishloqlarida tog‘ daryolari asosida rafting va sport turizmini rivojlantirish mumkinligi aytildi.
Mas’ullarga ushbu olti qishloq bo‘yicha bir oy ichida master-reja tayyorlab, 1 martdan 50 million dollarlik loyihalarni boshlash topshirildi.
Shuningdek, har bahor G‘uzorda «Lola va kabob», Ko‘kdalada «Chiyal yaxna» gastronomik festivallarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

