Sport

“Guliston” va “Neftchi” Oʻzbekiston kubogi chorak finaliga chiqdi

“Guliston” Oʻzbekiston kubogi chorak finaliga chiqqan ilk Birinchi liga jamoasiga aylandi.

"Guliston" va "Neftchi" Oʻzbekiston kubogining chorak finaliga yoʻl oldi.

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston kubogining nimchorak final bosqichidagi ikkita oʻyin yakunlandi.

Olmaliq shahrida boʻlib oʻtgan "Surxon" va "Guliston" jamoalari oʻrtasidagi bahs "Guliston"ning 0:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinning 52-daqiqasida Asilbek Umirzaqov tomonidan kiritilgan gol hal qiluvchi boʻldi.

Bu gʻalaba "Guliston"ni Oʻzbekiston kubogi chorak finaliga chiqqan birinchi Birinchi liga jamoasiga aylantirdi.

Kunning ikkinchi uchrashuvi Fargʻonada, "Istiqlol" stadionida boʻlib oʻtdi. Unda "Neftchi" "Paxtakor"ni 1:0 hisobida magʻlub etdi. Mezbonlarning yagona golini 81-daqiqada Stipe Peritsa kiritdi.

30-avgust kuni yana ikkita oʻyin boʻlib oʻtadi. Unda "Soʻgʻdiyona" "QMU Jayhun" bilan, "Navbahor" esa "Nasaf" bilan chorak final yoʻllanmasi uchun kurash olib boradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.