Gretsiyada 22 yil muzlatilgan embriondan bola tugʻildi (foto)

Gretsiyada 22 yil muzlatilgan embriondan bola dunyoga keldi (foto)
Gretsiyada 54 yoshli ayol 22 yil davomida muzlatib qo‘yilgan embriondan foydalanib, farzand ko‘rdi.
Kristina Rapti-Tselepi va uning 60 yoshli eri 2025-yilda 21 yoshli o‘g‘li Giorgosni yo‘l-transport hodisasi oqibatida yo‘qotgach, yana ota-ona bo‘lishni xohlagan. Gretsiyada ayollarga sun’iy urug‘lantirish (EKO) muolajasi faqat 54 yoshgacha ruxsat etiladi. Shu sababli er-xotin vakolatli idoradan ruxsat olishi kerak bo‘lgan.
“Bu stressli vaziyat, lekin ichki kuch, shifokorimiz va uning butun jamoasi bilan barcha to‘siqlarni yengib o‘tdik”, dedi Rapti-Tselepi.
U 9-sentyabr kuni Afinada og‘irligi 3,49 kilo bo‘lgan qizni dunyoga keltirgan. Unga Kristinaning marhum o‘g‘li sharafiga Jorjiya deb ism qo‘yilgan. Giorgios ham EKO orqali tug‘ilgan edi.
Rapti-Tselepining ginekologi va Gretsiya reproduktiv tibbiyot jamiyati rahbari Kostas Pantosning ta’kidlashicha, EKO muolajalari bo‘yicha yosh cheklovlarini qayta ko‘rib chiqish lozim. Buning sababi mamlakatda tug‘ilish darajasi pasayib borayotganidir.
“Menimcha, bu (ota-onalar) mahrum qilinmasligi kerak bo‘lgan huquq”, dedi u.
Juftlik yana bir farzand ko‘rishga urinishni ham istisno qilmayapti. Buning uchun xorijga borishlari ham mumkin.
Ushbu holat Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

