Google yilning eng ommabop emojisini eʼlon qildi
Google butun dunyo boʻylab foydalanuvchilar Android smartfonlaridagi Gboard klaviaturasi orqali kiritgan 665 millionta emojini tahlil qilib, 2025-yilda qaysi smaylik eng ommabop boʻlganini aniqladi.

Google yilning eng mashhur emojisini maʼlum qildi.
Birinchi oʻrinni "sharros koʻz yoshi toʻkayotgan yuz" - 😭 egalladi. Bu emoji avvalgi yetakchilar – "quvonch koʻz yoshlari bilan kulayotgan yuz" 😂 va "kulgidan dumalayotgan yuz" 🤣 ni ortda qoldirdi.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, "sharros koʻz yoshi toʻkayotgan yuz" emojisi faqatgina haqiqiy qaygʻuni ifodalash uchun ishlatilmaydi. Yozishmalarda bu belgi kulgi, kuchli hayrat, noqulaylik, zavqlanish yoki his-tuygʻularning haddan tashqari koʻpligini anglatishi mumkin. Google tadqiqotchilari ushbu belgining ommalashib borayotganini zumerlarning odatlari bilan bogʻlamoqda – bir yil ichida undan foydalanish 37 foizga oshgan.
Oʻsmirlar va zumerlar "quvonch koʻz yoshlari bilan kulayotgan yuz" va "kulgidan dumalayotgan yuz"ni tobora kamroq tanlamoqda – ular uchun bu emojilar haddan tashqari siyqasi chiqqan. Tadqiqotchilar bu oʻzgarishni yoshlarning eski emojilar maʼnosini qayta anglab yetayotgani bilan izohlashadi.
Katta avlod vakillari uchun bu belgilar hamon samimiy kulgini koʻrsatishning tushunarli usuli boʻlib qolayotgan boʻlsa, yosh foydalanuvchilar esa koʻproq dramatik yoki absurd variantlarni afzal koʻrishadi.
Oʻntalikka yana nimalar kirdi?
* 😭 - sharros koʻz yoshi toʻkayotgan yuz;
* 🤣 - kulgidan dumalayotgan yuz;
* 😂 - quvonch koʻz yoshlari bilan kulayotgan yuz;
* ❤️ - qizil yurak;
* 🙏 - tutashgan kaftlar;
* 😘 - boʻsa yuborayotgan yuz;
* 🥰 - yurakchalar bilan tabassum qilayotgan yuz;
* 👍 - bosh barmoq yuqoriga;
* 😍 - koʻzlari yurakcha boʻlgan yuz;
* 😁 - koʻzlari yopiq holda tirjayayotgan yuz.
Google’ning taʼkidlashicha, emojilar yordamida muloqot qilishning usullari ham oʻzgarmoqda: odatiy belgilar yangi maʼnolarga ega boʻlmoqda, eskilari esa asta-sekin zamonaviy internet madaniyatiga yaxshiroq mos keladiganlariga oʻz oʻrnini boʻshatib bermoqda.

