Dunyo

Google Trampning Atlantika okeani nomini o‘zgartirish taklifini rad etdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Google rahbari Sundar Pichaidan Atlantika okeanini o‘z nomiga yoki Amerika sharafiga qayta nomlashni so‘ragani, biroq rad javobini olganini aytdi. Kompaniya bu qarorni okean ko‘plab davlatlar qirg‘oqlarini yuvib turishi bilan izohladi.

Google Trampning Atlantika okeani nomini o‘zgartirish taklifini rad etdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Google rahbariyatiga Atlantika okeani nomini o‘zining yoki Amerika sharafiga o‘zgartirishni so‘rab murojaat qilgan, biroq rad javobini olgan.

Qayd etilishicha, prezident Google bosh direktori Sundar Pichai bilan telefon orqali bog‘lanib, shunday o‘zgarish qilishni so‘ragan.

“Menga faqat ikkita okean yoqadi: Atlantika va Tinch okeani. Men bu ikkisidan tashqari boshqa hech bir okeanga Tramp yoki Amerika nomini bermoqchi emasman. Shunday qilib, biz Atlantika okeani variantini jiddiy ko‘rib chiqdik va men Google Maps`ga qo‘ng‘iroq qildim. Ular ko‘l masalani qoyilmaqom hal qilgandi… Ko‘rfaz bilan bog‘liq voqeadan keyin esa haliyam o‘zlariga kelisholgani yo‘q. Men: „Sundar, Atlantika okeani haqida o‘ylayapman“ dedim”.

Trampning aytishicha, Pichai bunga rozi bo‘lmagan va rad javobini shunday izohlagan: “Yo‘q, yo‘q, yo‘q. Bu gal buni qilolmayman… Okeanlar bilan vaziyat butunlay boshqacha, janob. Ular ko‘plab davlatlar qirg‘oqlarini yuvib turadi. Iltimos, bizdan buni talab qilmang”.

Prezident keyinroq o‘z fikridan qaytganini va okean nomini Atlantika bo‘lib qolishiga qaror qilganini ham qo‘shimcha qildi.

Tramp avvalroq Meksika ko‘rfazini Amerika ko‘rfazi deb qayta nomlash haqidagi farmonini, shuningdek, AQSh va Kanada o‘rtasidagi savdo nizosi fonida Ontario ko‘lini Amerika ko‘li deb o‘zgartirishga uringanini eslatib o‘tdi. O‘shanda u AQSh federal idoralaridan ushbu yangi nomdan foydalanishni talab qiluvchi farmonni ham imzolagan edi.

Bu holatlarda xaritalardagi yangi nom AQSh aholisi uchun aks etadi, Kanada fuqarolari avvalgi nomni ko‘radi, dunyoning qolgan qismi uchun esa har ikkala nom bir vaqtning o‘zida ko‘rsatiladi.

Tramp ilgari Hurmuz bo‘g‘ozini ham o‘z nomi bilan atash taklifini ilgari surgandi. O‘tgan oyda, AQShning Eron bilan davom etayotgan urushi fonida, u Truth Social tarmog‘ida shunday deb yozgan: “Hurmuz bo‘g‘ozi nomini TRAMP BO‘G‘OZIga o‘zgartirsakmikin??? Xuddi Amerikaning o‘zi kabi, u ham avvalgidan ancha „qaynoq“ bo‘lardi!”

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.