Dunyo

Global siyosatda maqomi oʻzgarayotgan Isroil: buni koʻrsatayotgan uch voqea

Soʻnggi kunlarda ketma-ket yuz bergan uch voqea Isroilga nisbatan munosabat Gʻarb jamoatchiligi va ayrim hukumatlar darajasida oʻzgarayotganini koʻrsatmoqda. Venetsiya kinofestivalida namoyish etilgan “NAZA” hujjatli filmi, AQShdagi Ed Shiran–Maklemor mojarosi va Gʻarbiy Sohildagi yahudiy manzilgohlari mahsulotlariga qarshi kiritilayotgan savdo cheklovlari.

Global siyosatda Isroilning mavqei oʻzgarayotganini koʻrsatadigan uchta voqea

Jamoatchilik fikri dunyo siyosatida eng asosiy va markaziy mezon boʻlmasligi mumkin, ammo uni ahamiyatsiz deb ham boʻlmaydi. Davlatlarning global obroʻsi juda qimmatli resurs hisoblanadi. Bu resursni ifodalash uchun “yumshoq kuch” kabi maxsus atama va tushunchalar ham mavjud.

Soʻnggi bir hafta-oʻn kun ichida uchta muhim voqea yuz berdi. Menimcha, ular dunyo hamjamiyatida, jumladan Isroilning oʻzida ham, mamlakat hukumatining mintaqada olib borayotgan siyosatiga nisbatan tanqid eng yuqori darajaga chiqqanini koʻrsatadi. Bu voqealar, oʻz navbatida, Isroilga qarshi tanqidiy rezonansni yanada kuchaytirishi mumkin.

Xoʻsh, gap qaysi voqealar haqida?

“NAZA” filmi — isroillik harbiylar guvohligi

Birinchi voqea — Venetsiya kinofestivalida “NAZA” hujjatli filmining namoyish etilishi.

Film isroillik rejissyorlar Yuval Abraham va Reychel Shor tomonidan suratga olingan va The Guardian ishtirokida tayyorlangan. Unda Isroil armiyasining Gʻazodagi harbiy amaliyotlari, jumladan nishonlarni aniqlashda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishi va bu jarayonda tinch aholi orasidagi qurbonlar masalasi koʻtariladi.

Mualliflar 24 nafar isroillik harbiy va razvedka tizimi vakillari bilan suhbatlashgan. Ularning aksariyati xavfsizlik sababli shaxsini oshkor qilmagan.

Filmda keltirilgan eng ogʻir guvohliklardan birida bir nafar HAMAS aʼzosini yoʻq qilish uchun yuzlab tinch aholi qurbon boʻlishi mumkin boʻlgan zarbalarga ruxsat berilgani aytiladi.

Bu guvohliklar Isroilning Gʻazodagi harbiy harakatlari va tinch aholi oʻlimi borasidagi xalqaro bahslarni yanada kuchaytirdi.

“NAZA” Venetsiya kinofestivalida namoyish etilganda tomoshabinlar film ijodkorlarini qariyb 25 daqiqa tik turib olqishladi. Film festivalning maxsus hakamlar hayʼati mukofotiga ham sazovor boʻldi.

Bu yerda menimcha eng muhim jihat boshqa: Isroilning Gʻazodagi harakatlari avval ham keskin tanqid qilingan. Ammo bu safar ayblovlarning muhim qismi Isroilning oʻzidan — isroillik jurnalistlar, rejissyorlar, harbiylar va razvedka tizimida ishlagan odamlar guvohliklari orqali yangramoqda.

Bu esa masalaning siyosiy va maʼnaviy taʼsirini yanada oshiradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.