Layfstayl

Ginnesning rekordlar kitobi dunyodagi eng baland va eng past otlar nomini e’lon qildi

Ginnesning rekordlar kitobi dunyodagi eng baland va eng past otlarni ma’lum qildi

Ginnesning rekordlar kitobi Hyugo laqabli ayg‘irni hozir yashayotgan dunyodagi eng baland ot, Pumukel laqabli ponini esa eng past bo‘yli ot sifatida tan oldi.

To‘rt yoshli Hyugo Angliyaning Nortgemptonshir grafligidagi Tauchester shahrida joylashgan fermada yashaydi. Uning bo‘yi 199 sm, vazni esa taxminan 890 kg bo‘lib, bu qariyb ikkita royalning og‘irligiga teng.

Hyugo — og‘ir yuk tortuvchi ingliz oti. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu zot vakillari yetti-sakkiz yoshgacha o‘sishda davom etadi, shu sababli u kelajakda o‘z rekordini yangilashi ehtimoli katta.

Ayg‘ir egalari Brett va Liza Mastersning aytishicha, Hyugo bananni juda yaxshi ko‘radi, muloyim fe’l-atvorga ega va ko‘pincha odamlar orasida bo‘ladi — uni mahalliy festivallar hamda qishloq yarmarkalariga olib borishadi.

Hyugogacha eng baland ot Big Jeyk (210,19 sm) nomli Belgiya yuk tortuvchi oti edi. Bo‘y bo‘yicha mutlaq rekord esa XIX asrda yashagan Sempson nomli otga tegishli bo‘lib, uning bo‘yi 2,19 metrni tashkil etgan.

Dunyodagi eng kichik Pumukel laqabli ot Germaniyadagi fermada yashaydi. Uning bo‘yi bor-yo‘g‘i 52,6 santimetr.

Pumukel e’tibor va quchoqlashlarni yaxshi ko‘radi, shuningdek, bolalar bilan bajonidil o‘ynaydi. Mitti ot yeguliklardan sabzi va olmani xush ko‘radi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.