Mahalliy

Gezlamalardan tayyor kiyimlargacha: Toshkentda ilgʻor toʻqimachilik texnologiyalari va soha trendlari namoyish etildi | Reportaj

Oʻzbekiston poytaxti shu kunlarda jahon toʻqimachilik va moda industriyasi vakillari uchun asosiy ishbilarmonlik maydoniga aylandi. 12 oktyabrdan 14 oktyabrgacha «Oʻzekspomarkaz» MKK AJ zallarida birdaniga uchta yirik xalqaro koʻrgazma: Heimtextil Uzbekistan, Texworld Tashkent va Apparel Sourcing Tashkent boʻlib oʻtmoqda. Tadbirlar bir maydonda olti mamlakatdan 200 dan ortiq eksponent kompaniyalarni va 5 000 dan ziyod […]

Matolardan tayyor kiyim-kechaklargacha: Toshkentda sohaning ilgʻor toʻqimachilik texnologiyalari va trendlari namoyish etildi | Reportaj

Ushbu kunlarda Oʻzbekiston poytaxti jahon toʻqimachilik va moda industriyasi vakillari uchun muhim biznes maydoniga aylandi. 12 oktyabrdan 14 oktyabrgacha «Oʻzekspomarkaz» MKK AJ zallarida bir vaqtning oʻzida uchta yirik xalqaro koʻrgazma: Heimtextil Uzbekistan, Texworld Tashkent va Apparel Sourcing Tashkent boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu tadbirlar bir maydonda oltita mamlakatdan 200 dan ortiq eksponent kompaniyalarni va 15 dan ortiq davlatdan 5 000 dan ziyod roʻyxatdan oʻtgan xaridorlarni (baiyerlarni) jamladi.

Ekspozitsiya yengil sanoatning butun ishlab chiqarish zanjirini — xomashyo va uskunalardan tortib tayyor mahsulotgacha qamrab oladi.

Mehmonlar va bozor mutaxassislari uy toʻqimachiligining trenddagi kollektsiyalari, matolar, trikotaj, furnitura va tayyor kiyim-kechaklarning keng turlarini koʻrishlari mumkin.

Soha mutaxassislarida bu yil alohida qiziqish uygʻotayotgan yoʻnalish Textile Machinery boʻlimning ilk namoyishi boʻldi: ilk bor toʻqimachilik va tikuvchilik ishlab chiqarishi uchun zamonaviy stanoklar, avtomatiztsiyalashtirilgan yechimlar va innovatsion texnologiyalar alohida keng koʻlamli yoʻnalishga ajratildi.

Maydonda maxsus xalqaro baiyerlik dasturi faol ishlamoqda. Uning doirasida oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchilar xorijiy riteylerlar, distribyutorlar va savdo tarmoqlari bilan bevosita B2B muzokaralar olib bormoqda, eksport yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzmoqda va uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqda.

Soha mutaxassislari uchun bu industriya innovatsiyalarini baholash, toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berish zanjirlarini yoʻlga qoʻyish va manfaatli shartnomalar tuzish uchun yaxshi imkoniyatdir.

Bundan tashqari, bu yerda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni namoyish etuvchi Made in Uzbekistan milliy paviloni faoliyat yuritmoqda.

Tadbirlar Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy qoʻllab-quvvatlovi bilan oʻtkazilmoqda. Tashkilotchi — Messe Frankfurt global koʻrgazma operatorining Markaziy Osiyodagi rasmiy vakili Business Media Central Asia (BMCA) kompaniyasidir.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.