Sport

Germaniyalik 19 yoshli suzuvchi 1500 metr masofada jahon rekordini yangiladi

Germaniyalik 19 yoshli suzuvchi Yoxannes Libmann Suv sporti turlari bo‘yicha Yevropa chempionatida erkaklar o‘rtasida 1500 metrga suzishda yangi jahon rekordini o‘rnatdi. U masofani 14 daqiqa 26,79 soniyada bosib o‘tib, avvalgi rekordni qariyb to‘rt soniyaga (aniqrog‘i 3,88 soniyaga) yaxshiladi.

"Men shunchaki hayratdaman, bu aql bovar qilmas darajada. Bunga erisha olaman deb o‘ylamagandim... Gapirishga so‘z topolmayapman", — dedi Libmann Olympics.com nashriga bergan intervyusida.

Sportchi poyganing qiyin kechgani va o‘z taktikasini qanday qo‘llaganini ham ta’kidladi: "Poyga og‘ir bo‘ldi. Men tez boshladim, asosiy maqsad boshqalardan ajralib chiqib, o‘z tempimda suzish edi. Masofaning yarmiga kelib, raqiblarimdan ancha oldinda ekanimni ko‘rdim va o‘zimni yaxshi his qildim. So‘nggi 200-300 metrlarda tomoshabinlarning o‘rnilaridan turib qo‘llab-quvvatlayotgani menga qo‘shimcha kuch bag‘ishladi. Ularni ko‘rib, Yevropa yoki jahon rekordini o‘rnatayotganimni angladim, lekin farq unchalik katta emas deb o‘ylagandim. Oxirgi 100 metr juda qiyin o‘tdi, ammo tabloda 14:26 natijasini ko‘rish — shunchaki ajoyib hissiyot".

Ma’lumot uchun, bungacha eng yaxshi natija ikki yil avval Parij Olimpiadasida amerikalik Bobbi Fink tomonidan qayd etilgan edi. Shuningdek, Libmann ushbu masofani 14 daqiqa 30 soniyadan kamroq vaqt ichida bosib o‘tgan tarixdagi ilk suzuvchiga aylandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.