Mahalliy

Germaniyadan Toshkentga giyohvandlik moddalarini yuborishga urinishdi

Toshkentda Germaniyadan kelgan joʻnatmada giyohvand moddalar boʻlgan va yonida 11 ta Alfa-PVP solingan tayyor boylamlar (zakladka) boʻlgan Chernogoriya fuqarosi qoʻlga olindi.

Germaniyadan Toshkentga giyohvand moddalarni yuborishga urinishdi

Toshkentning Yashnobod tumanida Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qoʻmitasi xodimlari giyohvand moddalar kontrabandasiga chek qoʻyishdi. Tezkor-profilaktika tadbirlari «Xavfsiz va sogʻlom mamlakat» dasturi doirasida oʻtkazildi.

Tumandagi pochta boʻlimlaridan birida Germaniyadan kelgan joʻnatmani qabul qilib olayotgan vaqtda Yashnobod tumanida vaqtincha yashovchi, 2001 yilda tugʻilgan Chernogoriya fuqarosi qoʻlga olindi. Toʻxtatish va koʻzdan kechirish xolislar ishtirokida amalga oshirildi.

Posilka belgilangan tartibda tekshirilganda, xodimlar sport anjomlari ichidan 3 kg «klefedron» giyohvandlik vositasi va 1 kg gashish topdilar. Musodara qilingan moddalar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.

Shundan soʻng, tezkor tadbirlar qoʻlga olingan shaxsning vaqtinchalik yashash joyida davom ettirildi. Xonadonni koʻzdan kechirish davomida u yerda umumiy vazni 30 gramm boʻlgan, sotish uchun tayyorlab qoʻyilgan 11 ta «Alfa-PVP» giyohvandlik moddasi oʻramlari aniqlandi.

Bundan tashqari, xodimlar zip-paketlar, elektron tarozilar va boshqa buyumlarni topishdi.

Chernogoriya fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.