Germaniyada tahdid ostidagi uchta davlat muhojirlari uchun ishonch telefoni yaratildi

Germaniyada xavf ostidagi uch davlatdan kelgan muhojirlar uchun ishonch telefoni ishga tushirildi.
Germaniya ichki razvedka xizmati, ya'ni Konstitutsiyani himoya qilish federal boshqarmasi (BfV), Rossiya, Eron va Xitoy kabi avtoritar davlatlardan kelgan muhojirlar va qochqinlar uchun maxsus ishonch telefonini faoliyatga kiritdi. Bu haqda Meduza idoraning 16 sahifalik broshyurasiga asoslanib xabar berdi.
Broshyurada qayd etilishicha, ushbu aloqa liniyasi birinchi navbatda xavf-xatarga duch kelgan yoki duch kelishi mumkin bo'lgan shaxslarga mo'ljallangan. Ular orasida jurnalistlar va dissidentlar bor bo'lib, ular tazyiq, kuzatuv, repressiya va odam o'g'irlash harakatlariga duch kelishi mumkin.
Foydalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar Germaniya razvedkasiga aniq tahdidlarning oldini olishga yordam beradi. Broshyura mualliflarining ta'kidlashicha, ichki razvedka xizmati o'z surishtiruvlari va fuqarolardan olingan xabarlar orqali aybdorlarni topish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Qayd etilishicha, bunday aloqa liniyasining paydo bo'lishi Germaniyada razvedka xizmatlariga kengroq vakolatlar berish bo'yicha davom etayotgan muhokamalar fonida yuz bermoqda.

