Dunyo

Germaniyada AQSHning F-16 qiruvchi samolyoti qulab tushdi

Germaniyada AQSHga tegishli F-16 qiruvchi samolyoti qulab tushdi

Germaniyada joylashgan AQSHning Shpangdalem harbiy bazasi yaqinida harbiy samolyot halokatga uchradi.

Voqea 22-sentyabr, seshanba kuni yuz bergan. SWR teleradiokompaniyasi xabariga ko‘ra, Shpangdalem aviabazasi qiruvchi samolyot qulaganini rasman tasdiqlagan.

Uchuvchi katapultadan foydalanib, samolyotni tark etishga ulgurgan. Hozir unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Hodisa joyiga favqulodda xizmatlar yetib kelgan. Halokat sabablari aniqlanmoqda.

Germaniya havo harakatini boshqarish xizmati maʼlumotiga ko‘ra, avariya mashg‘ulotlardan keyin sodir bo‘lgan — bazaga qaytayotgan qiruvchilardan biri golf maydoniga qulagan.

Mahalliy aholi avariyadan so‘ng osmonga tutun ko‘tarilganini ko‘rgan.

Maʼlumot uchun, Shpangdalem aviabazasida qariyb 20 ta F-16 qiruvchi samolyotidan iborat eskadrilya joylashtirilgan. So‘nggi oylarda bazada AQSHning ko‘plab transport samolyotlari ham qayd etilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.