Dunyo

Gaz quvurlari portlashida gumonlangan shaxs boshpana soʻradi

«Shimoliy oqim» gaz quvurlarini portlatishga aloqadorlikda gumonlanayotgan Ukraina fuqarosi Vladimir Juravlyov Xorvatiyadan siyosiy boshpana soʻradi. Uning Germaniyaga ekstraditsiya qilinishi sud tomonidan maʼqullangan edi.

Gaz quvurlari portlashida gumon qilinayotgan shaxs boshpana so‘radi

DW nashrining «Suspilne»ga tayanib xabar berishicha, Juravlyovning advokati Nikolay Katerinchuk bu haqda 30-sentabr kuni ma’lum qilgan. Himoyachining aytishicha, uning mijozi Germaniyada ishi xolis ko‘rib chiqilishiga ishonmagani uchun boshpana so‘ragan.

Xorvatiya sudi 23-sentabr kuni Juravlyovni Germaniyaga topshirishni ma’qullagan.

Gumonlanuvchi avgust o‘rtalarida Germaniya huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bergan order asosida hibsga olingan. Germaniyaning LTO nashri ma’lumotiga ko‘ra, u gaz quvurlari portlatilishi haqidagi hujjatli filmni suratga olish jarayonida qo‘lga olingan.

Juravlyov 2025-yil sentabr oxirida Polshada ham ushlangan edi. Biroq o‘shanda Varshava okrug sudi uni Germaniyaga ekstraditsiya qilishni rad etgan.

«Shimoliy oqim» va «Shimoliy oqim - 2» suvosti gaz quvurlaridagi portlashlar 2022-yil sentabrida Daniyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasida sodir bo‘lgan. Shvetsiya ekspertlari hodisa joyida portlovchi modda izlarini aniqlagan.

Keyingi tergov davomida Germaniya mutaxassislari portlashlarga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan olti nafar Ukraina fuqarosini aniqlagan. Ular orasida dayving instruktori bo‘lib ishlagan Juravlyov ham bor. Gumonlanuvchilarning har biriga nisbatan hibsga olish orderi berilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.