Boshqa

Gaz plitasida uy isitiş hayotga xavf soladi

Gaz plitasida xonani isitiş va nosoz isitiş uskunalaridan foydalaniş is gazidan zaharlanişga sabab bölişi mumkin. Favqulodda vaziyatlar vazirligi bunday holatlarning oldini oliş uçun xavfsizlik qoidalariga amal qiliş zarurligini taʼkidlagan.

Gaz plitasida uyni isitish hayot uchun xavf tug‘diradi. Shuning uchun quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilish kerak: qo‘lbola va nosoz gaz isitish moslamalaridan foydalanmaslik; gaz plitasida xonani isitmaslik; pech va mo‘rilarni mutaxassislarga o‘z vaqtida tekshirtirish hamda tozalatish; mo‘ri va shamollatish yo‘llarini berkitmaslik; isitish moslamalarini, ayniqsa, tunda nazoratsiz qoldirmaslik; uskunalar yaqinida yonuvchan buyumlarni saqlamaslik; gaz jihozlarini o‘rnatish va ishlatishda belgilangan talablar hamda ishlab chiqaruvchi yo‘riqnomasiga amal qilish.

Xonada gaz hidi sezilsa, chiroq va elektr jihozlarini yoqib-o‘chirish, ochiq olovdan foydalanish mumkin emas. Eshik-derazalarni ochib, tashqariga chiqish va xavfsiz joydan 104 - gaz avariya xizmatiga qo‘ng‘iroq qilish kerak.

Is gazi rangsiz va hidsiz bo‘ladi. Uni hid orqali sezib bo‘lmaydi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.