Dunyo

Gabon sakkiz oylik taqiqdan soʻng ijtimoiy tarmoqlarga kirish tiklanganini maʼlum qildi

Hokimiyat organlari taqiqni tarmoqdagi kontent nizoni avj oldirayotgani bilan izohlagan boʻlsa, muxolifat buni vakolatlarni suiisteʼmol qilish sifatida qoraladi.

Gabon sakkiz oylik taqiqdan soʻng ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish qayta tiklanganini maʼlum qildi

Gabon sakkiz oy oldin joriy etilgan va oʻsha paytda keng eʼtirozlarga sabab boʻlgan ijtimoiy tarmoqlarga qoʻyilgan taqiqni bekor qilganini maʼlum qildi.

Kommunikatsiya boʻyicha oliy kengash (HAC) shanba kuni telemurojaatda ushbu qaror bekor qilinganini eʼlon qildi.

Cheklov 17 fevral kuni joriy etilgan edi. Oʻshanda HAC internetdagi kontent mamlakatda nizolarni avj oldirayotgani va parchalanishni chuqurlashtirayotganini bildirgan edi.

Aholisi taxminan 2,5 million kishini tashkil etuvchi ushbu Markaziy Afrika mamlakatida bu qaror kutilmagan hol boʻldi. Bu yerda Facebook, TikTok, YouTube va Instagram kabi platformalar, ayniqsa, ulardan ham biznes, ham hordiq chiqarish uchun foydalanadigan yoshlar orasida juda ommabop.

Taqiqdan soʻng koʻpchilik ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda davom etish uchun VPN’lardan foydalandi.

Ushbu chora Gabon prezidenti Bris Oligi Ngema saylanganidan bir yildan kamroq vaqt oʻtib, ijtimoiy gʻalayonlar avj olgan bir paytda joriy etilgan edi.

Oʻqituvchilar va davlat xizmatchilari ish haqi juda kamligi hamda mehnat sharoitlari yomonligini aytib, ish tashlash oʻtkazgan edi.

Muxolifat bu cheklashni vakolatni suiisteʼmol qilish deb baholadi.

Ngema oʻtgan yilgi saylovlarda 90% dan ortiq ovoz bilan gʻalaba qozongan edi. Bundan ikki yil oldin uning harbiy toʻntarishi Bongo oilasining ellik yildan ortiq davom etgan boshqaruviga chek qoʻygandi.

Oʻshanda u neft va yogʻochga boy mitti mamlakat boʻlmish Gabonni isloh qilishga vaʼda bergan edi. Mamlakatning avvalgi hukumatlari maʼlumotlarni nazorat qilish uchun raqamli cheklovlardan foydalanib kelgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.