Futbol klubi avtobusidan katta miqdorda giyohvand moddasi topildi
«San-Paulu» vakili voqea paytida klub avtobusdan foydalanmaganini va futbolchilarning hech qanday aloqasi yo‘qligini aytdi. B

Futbol klubi avtobusidan katta miqdorda giyohvand moddalar topildi
Boliviya politsiyasi "San-Paulu" futbol klubini olib ketayotgan avtobusni to‘xtatdi va undan 86,5 kilogramm marixuana topdi. Braziliyaning UOL portalining xabar berishicha, klub bu voqeaga aloqadorligini rad etgan.
Hodisa 9-avgust kuni Kochabamba shahrida yuz bergan. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari avtobusda to‘rtta giyohvand moddalar paketini aniqlaganlar. Uch kishi hibsga olingan. Nashrning ma’lumotiga ko‘ra, avtobus egasi Buses Cosmos kompaniyasi futbol jamoasiga tezda boshqa transport vositasini taqdim etgan. Klubga bu voqea haqida xabar berilmagan.
"San-Paulu" vakili voqea sodir bo‘lgan paytda klub avtobusdan foydalanmaganini va futbolchilarning bu ishga hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidladi. Buses Cosmos ham voqeaga har qanday aloqadorligini inkor etdi. Klub va kompaniya vakillari barcha javobgarlik haydovchilar zimmasida ekanligini bildirdilar. "Ish allaqachon politsiya tomonidan tergov qilingan, jinoyatchilar hibsga olingan va Boliviya sud tizimi nazoratida", deyiladi "San-Paulu" bayonotida.
Bu hodisa "San-Paulu" jamoasi Sudamerikana kubogi 1/8 final bosqichida safarda bo‘lib o‘tadigan o‘yinga yo‘l olishidan biroz oldin sodir bo‘lgan. Boliviyaning "Bolivar" jamoasiga qarshi o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.
Javob o‘yini 18-avgust kuni Braziliyada bo‘lib o‘tadi.

