Fransiyalik jurnalistga «Oltin qalam» topshirildi
Mukofot O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi delegatsiyasining Fransiyaga safari doirasida O‘zbekiston elchixonasida berildi.

Fransiyalik jurnalistga «Oltin qalam» topshirildi
Parijda fransiyalik jurnalistga «Oltin qalam» mukofoti tantanali ravishda topshirildi.
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labush «Oltin qalam» milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovning bu yilgi g‘oliblaridan biri edi.
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi delegatsiyasining Fransiyaga safari doirasida O‘zbekiston elchixonasida ushbu mukofot jurnalistga topshirildi.
Marosimda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Oripov mamlakatimizda so‘z erkinligi va ochiqlikni ta’minlash, jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘zlab berdi.
Tadbir chog‘ida Dide Labushga O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining faxriy a’zolik guvohnomasi ham topshirildi.

