Fransiyada 2026-yil eng issiq yoz sifatida qayd etildi

Fransiyada 2026-yil eng issiq yoz sifatida qayd etildi
Fransiyada 2026-yil yozi meteorologik kuzatuvlar boshlangan 1900-yildan buyon eng issiq yoz bo‘ldi. Mamlakat bir nechta kuchli issiq to‘lqinlarini boshdan kechirdi.
Iyun oxirida Fransiyada kuzatilgan issiq to‘lqini o‘zining juda yuqori intensivligi bilan rekord o‘rnatdi. Shu davrda issiqlik bilan bog‘liq 2 025 ta qoʻshimcha o‘lim qayd etildi. O‘lim holatlari ayniqsa 45 yoshdan katta aholi orasida ko‘paygan.
Iyul oxiridan avgustgacha davom etgan navbatdagi issiq to‘lqini 23 kun davom etib, 1983-yilda qayd etilgan rekordni takrorladi. Aynan shu davrda Fransiyaning odatda salqin va nam hududlarida ham yirik o‘rmon yong‘inlari yuz berdi.
Meteo France ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil yozida mamlakat bo‘yicha o‘rtacha harorat 24 darajani tashkil etgan. Bu odatiy o‘rtacha ko‘rsatkichdan 3,6 darajaga yuqori. Yoz davomida yog‘ingarchilik ham keskin kamayib, qariyb 40 foizlik tanqislik kuzatilgan. Bu kuzatuvlar boshlanganidan beri eng quruq ikkinchi yoz bo‘lgan.
Fransiya hukumati iqlim o‘zgarishiga moslashish uchun yangi choralarni ishlab chiqmoqda. Atrof-muhit vaziri tegishli xulosalar sentyabr oxirigacha, jumladan, besh yillik moliyalashtirish rejasi bilan birga taqdim etilishini bildirdi.
2026-yil yozida Fransiya, Italiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va Yevropaning boshqa mamlakatlarida millionlab odamlar ekstremal issiqlikni boshdan kechirdi. Yevropa 1980-yillardan beri dunyoning boshqa hududlariga nisbatan qariyb ikki baravar tez isib borayotgan qit’a hisoblanadi.
Olimlar bu baholash konservativ ekanini, haqiqiy vaziyat bundan ham og‘irroq bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.
Yuqori havo harorati eng ko‘p 85 yoshdan oshganlarga ta’sir ko‘rsatgan. Ushbu yosh guruhida 7 040 kishi vafot etgan. 75–84 yoshlar orasida taxminan 3 450 ta, 65–74 yoshdagilar orasida esa 2 170 ta o‘lim holati kuzatilgan. Shuningdek, 1 320 ta o‘lim 65 yoshgacha bo‘lganlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

