Dunyo

Fransiya osmonida fantastik filmni eslatuvçi manzara kuzatildi

Fransuz fotografi Florian Riu Montemadjore toğ qişloği uzra paydo bölgan qizil spraytlarni tasvirga oldi. Tungi osmonda bir lahza çaqnagan bu elektr razryadlari körinişidan fantastik meduzalarni eslatadi.

Fransiya osmonida fantastik filmni eslatuvchi manzara kuzatildi

Fransiyada suratga olingan g‘ayrioddiy tabiat hodisasi aks etgan kadrlar internetda keng tarqaldi. Tasvirlarda tungi osmonni bir lahzaga qizil spraytlar yoritganini ko‘rish mumkin. Ularning g‘aroyib shakli manzaraga fantastik filmlardagidek tus bergan.

Spraytlar — momaqaldiroqli bo‘ronlar paytida atmosferaning yuqori qatlamlarida paydo bo‘ladigan qisqa muddatli elektr razryadlaridir. Ular taxminan 40–100 kilometr balandlikda yuzaga keladi.

Fotograf Florian Riu bu hodisani 16-sentabr kuni Fransiyadagi Montemadjore tog‘ qishlog‘i ustida tasvirga olgan. Uning aytishicha, tasvirga olish jarayonini oldindan hisob-kitob qilib, puxta rejalashtirgan.

Natijada fotograf osmonda atigi bir lahza ko‘rinadigan qizil chaqnashlarni kameraga muhrlashga muvaffaq bo‘lgan. Videodagi spraytlar havoda paydo bo‘lib, bir zumda g‘oyib bo‘ladigan meduzalarga o‘xshaydi.

Bunday hodisa odatda bir necha millisoniyagina davom etadi. Shu qadar qisqa vaqt ichida paydo bo‘lib yo‘qolgani uchun bu chaqnashlarni oddiy ko‘z bilan payqash juda qiyin. Biroq ularni ba’zan kamera yordamida tasvirga olish mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.