Sport

Fotoreportaj: «Aichi-Nagoya 2026» V Osiyo Paraoʻyinlarining ochilishi

Yakshanba kuni Nagoyada (Yaponiya) V Osiyo Paraoʻyinlarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Txekvondochi Asadbek Toshtemirov va velosportchi Marjona Pardaboyeva Oʻzbekiston terma jamoasining bayroqdorlari boʻlishdi. Mamlakatning 150 ga yaqin vakili sportning 11 turi boʻyicha ishtirok etadi. Husniddin Ato va Mariya Malinovskaya fotoreportaji.

Fotoreportaj: «Aichi-Nagoya 2026» V Osiyo Paraoʻyinlarining ochilishi

Beshinchi «Aichi-Nagoya 2026» Osiyo Paraoʻyinlari yakshanba kuni Nagoyadagi «Midzuxo» stadionida yorqin marosim bilan boshlandi.

Ochilish marosimi Aichi prefekturasi va Yaponiyaning madaniy merosini taʼkidlab bergan anʼanaviy chiqishlar bilan boshlandi. Ishtirokchi mamlakatlar delegatsiyalari stadionga daraxt shaklidagi installyatsiya orqali chiqib kelishdi. Oʻyinlar ochilganini Yaponiya imperatori Naruxito eʼlon qildi. Finalda mashʼal estafetasi boʻlib oʻtdi, shundan soʻng Aichining uchta sopolchilik sanʼati markazi loyidan yasalgan katta qozonda olov yoqildi.

Oʻyinlar dasturiga sportning 18 turi boʻyicha musobaqalar kiritilgan boʻlib, ularda 492 ta medallar toʻplami oʻynaladi. Yopilish marosimi 24 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Musobaqalarda Oʻzbekiston sharafini sportning 11 turi boʻyicha 150 nafardan ortiq sportchi himoya qilmoqda. Oʻyinlar tarixida ilk bor mamlakat parasportchilari parafextovaniye, bochcha va kamondan paraotish boʻyicha ishtirok etishadi.

Taekvondo boʻyicha Paralimpiya oʻyinlari chempioni Asadbek Toshtemirov va paravelosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha ikki karra jahon chempioni Marjona Pardaboyeva Oʻzbekiston terma jamoasining bayroqdorlari boʻlishdi. Marosimda Oʻzbekiston Milliy olimpiya va paralimpiya qoʻmitalari rahbarlari ham ishtirok etishdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.