Boshqa

Fotoqopqon Nurotadagi noyob arxarlarni qayd etdi

Navoiy viloyatidagi Nurota davlat qoʻriqxonasida oʻrnatilgan fotoqopqon Qizil kitobga kiritilgan Qizilqum arxarlarini qayd etdi. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, 2026-yilgi bahorgi sanoqda ularning soni 2130 boshni tashkil etgan.

Fotoqopqon Nurotadagi noyob arxarlarni qayd etdi

Qoʻmita maʼlumotiga koʻra, oʻtgan asrning 60–70-yillarida Nurota tizma togʻlarida Qizilqum arxarlaridan bor-yoʻgʻi 60–70 bosh qolgan edi.

1975-yilda Nurota davlat qoʻriqxonasi tashkil etilib, arxarlar himoya ostiga olingan. Bu yoʻqolib borayotgan populyatsiyani saqlab qolish imkonini bergan. Keyingi oʻn yillikda ularning soni barqarorlashgan.

Qoʻmitaning bildirishicha, amalga oshirilayotgan muhofaza choralari tufayli arxarlar soni ortib bormoqda. Soʻnggi bahorgi hisobda 2130 bosh qayd etilgan.

Qizilqum arxari zaif, soni kamayib borayotgan va alohida hududlarda tarqalgan kenja tur sifatida Oʻzbekiston Qizil kitobi, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil roʻyxati hamda CITES konvensiyasining II ilovasiga kiritilgan.

Ayni paytda bu jonivorlar Nurota va Oqtogʻ tizmalarida, Tomditogʻ qoldiq togʻlarida hamda Turkiston tizmasida saqlanib qolgan. Qoʻmita maʼlumotida ular Molguzar tizmasida ham uchrashi mumkinligi qayd etilgan.

Qizilqum arxarlari togʻlarning oʻrta va yuqori qismlarida, dengiz sathidan 500–2000 metr balandlikda yashaydi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.