Foto: Oʻzbekiston armiyasida dronlarni boshqarish boʻyicha musobaqalar oʻtkazilmoqda
Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy okrugida “Dronlarni jangovar qoʻllash boʻyicha eng ilgʻor guruh” musobaqasining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda harbiy xizmatchilar zamonaviy dronlarni boshqarishdagi mahorati, chaqqonligi hamda favqulodda vaziyatlardagi tezkorligini namoyish etgan.

Foto: Oʻzbekiston armiyasida dronlarni boshqarish boʻyicha musobaqalar oʻtkazilmoqda
19-oktabr kuni Oʻzbekiston Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy okrugi doirasida harbiylar o‘rtasida dronlarni boshqarish bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Vazirlik matbuot xizmatining Kun.uz'ga maʼlum qilishicha, harbiy xizmatchilar “Dronlarni jangovar qoʻllash boʻyicha eng ilgʻor guruh” koʻrik-tanlovida hamda “Drone racing” (dronlar poygasi) musobaqalarida ishtirok etgan.
Musobaqada Jizzax, Samarqand va Navoiy garnizonlaridan kelgan harbiy xizmatchilar zamonaviy dronlarni boshqarishdagi mahorati, chaqqonligi, aniqligi hamda favqulodda vaziyatlardagi tezkorligini namoyish etgan.
Maʼlum qilinishicha, harbiy okrug miqyosidagi ushbu musobaqa hududlararo tajriba almashish, harbiylar oʻrtasida zamonaviy texnologiyalarni ommalashtirishda muhim qadam hisoblanadi.
Ushbu tadbir Oʻzbekiston armiyasida kibersport, dron va robot texnologiyalari yoʻnalishidagi sport turlarini rivojlantirishga doir prezident qarori asosida oʻtkazilmoqda. Unga koʻra, dron texnologiyalari yoʻnalishida uch bosqichli musobaqa tizimi joriy etilgan: birinchi bosqich har yili avgustda vazirlik va idoralarda, ikkinchi bosqich oktabrda harbiy okruglar miqyosida, uchinchi bosqich dekabrda – “Mudofaa vaziri kubogi” sifatida oʻtkaziladi.

